Ruhiy asab kasalliklari şifoxonasi “özga sayyoraliklar bilan uçraşgan” Jumanazar akaga taşxis qöydi

Ruhiy asab kasalliklari şifoxonasi “özga sayyoraliklar bilan uçraşgan” Jumanazar akaga taşxis qöydi

Ijtimoiy tarmoqda "özga sayyoraliklar bilan uçraşgani" sabab maşhur bölib ketgan Jumanazar Rahmonovning Namangan viloyat ruhiy asab kasalliklari şifoxonasi tomonidan tasdiqlangan kasallik diagnozi rasmi tarqaldi.

Ekspertlar komissiyasi xulosasiga köra, Jumanazar Rahmonov yuriş-turiş, hayot tarzi, xatti-harakatlarida atrof muhitdan qoniqmaslik, özining gallyutsinator-fantastik vasvasa ğoyalari taʼsirida fantastik keçinmalari, davriy oneyroid ong buzilişlari, öziing fikrlarida qatʼiy turişi, ayni vaqtdagi gallyutsinator-fantastik kiritmalari, özga olam, özga sayyora haqidagi qatʼiy fikrlari korrektsiyaga tuşmasligi, 1990 yilda ham yuqoridagi ruhiy buzilişlar kuzatilgani undagi "rekkurent şizofreniya, gallyutsinator-fantastik vasvasa sindromi" taşxisini tasdiqlaydi. Şuning uçun Jumanazar Rahmonov aqli noraso deb topiladi. Ruhiy holatiga köra, Namangan viloyat ruhiy asab kasalliklari şifoxonasida ğayriixtiyoriy ravişda davolanişga muhtoj, deyiladi ekspertlar xulosasida.

Oktyabr oyida özga olam vakillari bilan uçraşgan otaxon paydo bölgani haqidagi xabar özbek internetini "portlatgandi". Jumanazar aka nomaʼlum mavjudotlar bilan uçraşgani va ularning olamiga borib, tuzalmas dardlarga şifo topiş yöllarini örganib kelganini daʼvo qilgandi.

https://www.youtube.com/watch?v=N7frHq5Qfkg
×