Joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Duşanbeda ŞHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etadi. Taşkilot özining 20 yilligini nişonlaydi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Şerzod Asadov maʼlum qildi.
Asadovga köra, sammitning birinçi kuni, 16 sentyabrda davlat rahbari taşkilotga raislik qilayotgan Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Pokiston Boş vaziri Imron Xon bilan, 17 sentyabr kuni esa Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadi.
17 sentyabr kuni esa davlat rahbarlarining yiğilişi ötkaziladi. Yiğiliş yakunida ŞHTga raislik Tojikistondan Özbekistonga ötadi.
Şuningdek, Duşanbeda yangi formatdagi “Şanxay hamkorlik taşkiloti — Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti” uçraşuvi bölib ötadi. Unda tomonlar Afğonistondagi vaziyatni muhokama qiladilar.
Bundan taşqari, hafta davomida Prezident huzurida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid taqdimotlar ötkazilişi rejalaştirilgan.









