YPX xodimi «kattakon»ning buyruği bilan jarimaga tuşgan «Malibu»ni qöyib yubordi. Xöş?

YPX xodimi «kattakon»ning buyruği bilan jarimaga tuşgan «Malibu»ni qöyib yubordi. Xöş?

Tarmoqda Toşkent viloyatining Olmaliq şahrida sodir bölgan YPX xodimi va qora «Malibu» voqeasi aylanmoqda. Unga köra, jarima yozayotgan xodim boşliği buyruği sabab qoidabuzarni qöyib yuborişga majbur bölgan. 

Toşkent viloyati IIBB matbuot kotibi Bobur Tölaganov hodisa yuzasidan munosabat eʼlon qildi. 

«Toşkent telekanali «Poytaxt yöllari» körsatuvi orqali efirga uzatilgan Olmaliq şahrida YPX inspektori bilan bölgan voqea ijtimoiy tarmoqlardagi deyarli barça faollar tomonidan muhokamaga qöyilmoqda.

Holat yuzasidan yozilayotgan izohlarning asosiy qismini qöllab quvvatlayman.

Yaʼni, quyi tizimda, quyoş tiğida kun böyi xizmat qilayotgan inspektor qoida buzgan haydovçini töxtatsa-yu, u hozir senga körsataman deb boşini balandi qilib ötirsa.

Qöp ötmay inspektorga yuqoridan çiqib, (qoidabuzar) «haydovçidan uzr sörab, qöyib yubor. Oq yöl tila» deyilişi şu inspektorning şaştini, işçanlik obrösini, yoyinki ğururini sindiradi»,— deyiladi unda.

Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi matbuot kotibi Durdona Oçilova ham voqeani çetda qoldirmadi. Oçilovaga köra, «agentlik tomonidan mazkur holat yuzasidan huquqiy baho beriş uçun Özbekiston Respubikasi Içki işlar vazirligiga tegişli murojaat yuborildi.

Örganiş yakunlanganidan söng qöşimça maʼlumot taqdim etiladi».

«Har yili yöllarda qoidabuzarlar sababli minglab insonlar ölmoqda. Va mana şunça insonning halok bölişiga şunaqa özini qonundan ustun deb biladigan «kattakon amaldorlar» hamda özlari qonunlarni oyoq osti qiladigan yöl harakati xavfsizligi rahbarlari ham sababçi»,- deya açinib yozdi huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev. 

×