«Ayni kunlarda munosib nomzodlar körib çiqilmoqda». Musulmonlar idorasi muftiy qay tartibda saylanişini maʼlum qildi

«Ayni kunlarda munosib nomzodlar körib çiqilmoqda». Musulmonlar idorasi muftiy qay tartibda saylanişini maʼlum qildi

Özbekiston musulmonlari idorasiga yangi boş muftiy tayinlangani haqidagi xabarlar rad etilgani töğrisida xabar berilgandi. Idorasi fuqarolarni asl holat va mavjud vaziyatni bilmay turib, haqiqatga töğri kelmaydigan xabarlarni tarqatişdan saqlanişga çaqiradi.

«Özbekiston musulmonlari idorasi mazkur mavzu atrofida asossiz bahs-munozarani hayotini xalqimiz va muqaddas dinimiz xizmatiga bağişlagan marhum muftiy Usmonxon Temirxon öğli hazratlarining vafotidan köp ötmagan bir davrda köpaytirişni diniy, milliy va oddiy insoniylik qadriyatlari nuqtai nazaridan odobsizlik sifatida baholaydi hamda fuqarolarimizdan bunday işlar qilmaslikni söraydi», — deyiladi munosabatda.

Taʼkidlanişiça, Özbekiston musulmonlari idorasi respublika hududida rasmiy faoliyat olib borayotgan islomiy diniy taşkilotlarning markaziy boşqaruv organi bölib, musulmonlarning eʼtiqodiy birligini taʼminlaşga xizmat qiladi. Şu maqsadda fiqhda Hanafiy mazhabi va aqidada Imom Moturidiy taʼlimoti asosida mömin-musulmonlar uçun barça şart-şaroitlarni yaratadi. Şuningdek, islom maʼrifatini keng yoyiş, masjid-madrasalar taʼsis etiş, diniy adabiyotlar naşr etiş, xalqaro taşkilotlar va taniqli ulamolar bilan hamkorlikni amalga oşiradi.

Qayd etilişiça, Özbekiston musulmonlari idorasi ustavining tegişli bandiga asosan Diniy idora raisi, muftiy Ulamolar kengaşi yiğilişida beş yil muddatga saylanadi. Muftiy lavozimiga saylanayotgan şaxs Özbekiston fuqarosi, oliy diniy maʼlumotli, kamida ön yil Özbekiston musulmonlari idorasi tizimida işlagan, ulamolar hamda xalq orasida obrö va işonç qozongan bölişi lozim.

«Ayni kunlarda muftiy lavozimiga munosib nomzodlarni atrofliça körib çiqiş, mehnat faoliyatlarini örganiş, bilim salohiyatlarini mezonga soliş, iş tajribalarini kuzatiş va xalq orasidagi obrö-eʼtiborlariga baho beriş işlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonlarning yakuni töğrisida Özbekiston musulmonlari idorasining rasmiy matbuotida eʼlon qilinadi», — deyiladi xabarda.

×