Prezident yangi farmon imzoladi

Prezident yangi farmon imzoladi

Eksportçi korxonalarni rağbatlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.

Respublikamizning eksport salohiyatini oşiriş, eksportçi korxonalarni moliyaviy qöllab-quvvatlaşni yanada kuçaytiriş, milliy mahsulotlarning taşqi bozorlardagi raqobatbardoşligini mustahkamlaş va valyuta tuşumlarini köpaytiriş, şuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita örganiş hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirişning asosiy yönalişlarini belgilab oliş böyiça 2021 yil 20 avgust kuni ötkazilgan Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida:

 Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 oktyabrdagi «Eksport faoliyatini moliyaviy qöllab-quvvatlaşni yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF–6091-son Farmoni va 2021 yil 13 iyuldagi «Eksport faoliyatini moliyaviy qöllab-quvvatlaşni yanada kuçaytiriş töğrisida»gi PQ–5184-son qaroriga asosan eksport bilan boğliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalaştiriş kreditlari uçun Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan Eksportni rağbatlantiriş agentligi huzuridagi Eksportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga 200 million AQŞ dollari ajratilganligi maʼlumot uçun qabul qilindi.

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining 2021 yil 1 oktyabrdan boşlab:

Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan yillik eksport hajmi 20 million AQŞ dollaridan oşgan korxonalarga eksport bilan boğliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalaştiriş kreditlari uçun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar 5 million AQŞ dollarigaça miqdorda hamda bir yilgaça muddatga taqdim etilişi;

oxirgi ön ikki oy davomida 1 million AQŞ dollaridan ortiq tayyor töqimaçilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga asosiy va yordamçi işlab çiqarişi uçun butlovçi buyumlar, xomaşyo va materiallar olib kirişda bojxona tölovlarini tölaş böyiça foiz hisoblanmagan hamda ularning tölanişini taʼminlaş talab etilmagan holda 120 kunga tölovni keçiktiriş (bölib-bölib tölaş) imkoniyatini beriş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tovarlar (işlar, xizmatlar)ni import qilişda qöşilgan qiymat soliğini tölovçilar uçun qöşilgan qiymat soliğini tölaş muddatini uzaytiriş tartibi töğrisidagi nizomga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritadi.

Taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzdorlik uçun xöjalik yurituvçi subʼektlarga nisbatan jarimalar qöllanilişi, şuningdek, uşbu Farmon kuçga kirguniga qadar qöllanilgan jarimalar undirilişi 2021 yil 31 dekabrga qadar töxtatiladi;

2021 yil 1 oktyabrdan yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlardan sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovçi qismlar, xomaşyo, ölçov vositalari, kimyoviy reagentlar, kötariş moslamalari va transport vositalari importida milliy sertifikat oliş talabi bekor qilinadi;

Taşqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantiriş va texnik jihatdan tartibga soliş masalalari böyiça Hukumat komissiyasiga Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan korxonalarga eksport bilan boğliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalaştiriş kreditlari uçun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etiş tartibini tasdiqlaş va özgartiriş kiritiş huquqi beriladi.

×