Gulnora Karimovaning qizi bobosi bilan vidolaşişga ruxsat berilmaganini aytib çiqdi

2 sentyabr kuni Özbekiston böylab mamlakatning Birinçi Prezidenti Islom Karimov vafot etgan kun munosabati bilan xotirlaş marosimi ötkazildi.

Islom Karimovning nabirasi, Gulnora Karimovaning qizi Imon Instagram’dagi sahifasida bobosi vafot etgan kunni xotirlab post qoldirdi. Ahamiyatlisi, u Bobosini sönggi bor soğlom holatda, tennis öynayotganda körganini aytgan.

“Men sizni sönggi bor körgan vaqtimni eslayman, siz tennis öynayotgan edingiz. Men siz boşqa biz bilan emasligingiz haqida eşitganimni ham eslayman. Men televideniyeda eʼlon qilişmagunça bunga işonmaganman”, deydi Imon Karimova.

U sözida davom etib, bobosi bilan xayrlaşiş uçun imkon berişmaganini, ammo bular haqida köp ham gapirişni xohlamasligini aytib ötgan.

“Men köp gapirişni xohlamayman, çunki bu heç qaçon yetarli bölmaydi va heç nimani özgartirmaydi. Men faqatgina siz bilan munosib xayrlaşişga ruxsat berişmaganidan afsusdaman. Siz doim qalbimizdasiz. Biz sizni faqat bugun xotirlamaymiz, balki har kuni. Siz bizga bir vaqtda ham ota, ham bobo edingiz va siz bilan heç qaçon zerikmaganmiz. Bolalik uçun sizga rahmat!”, degan Imon.

Maʼlumot uçun, Karimovlar oilasining tönğiç qizi Gulnora Karimova 2013 yildan buyon jinoyatlari uçun javob bermoqda. U ayni vaqtda hibsda. Oilaning kenjasi Lola Karimova-Tillyayeva esa turmuş örtoği Timur Tillyayev va farzandlari bilan AQŞga köçib ötgan. Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Imon esa ayni vaqtda Londonda tahsil olmoqda. Karimovlar oilasidan faqat Tatyana Karimova Özbekistonda istiqomat qilmoqda. U Islom Karimov xotirasini abadiylaştiriş va Karimov nomidagi Respublikasi jamoat fondi faoliyatini yuritişda boş-qoş.

Oila farzandlari örtasida munosabatlar ham köngildagidek emas. Xususan, Lola Karimova 2013 yilda xalqaro ommaviy axborot vositalaridan biriga bergan intervyusida opasi Gulnora Karimova bilan 12 yildirki munosabatlari yaxşi emasligini aytgan.

Gulnora Karimovaning öğli Islom Karimov esa 2016 yilda OAVga intervyu berib, onasi va xolasi Lola Karimova örtasidagi ziddiyatlarda marhum bobosini ayblagandi.

×