Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning tönğiç qizi Gulnora Karimovaga oid jinoyat işi böyiça tergov jarayoni yakunlandi. Bu haqda Boş prokuratura Matbuot xizmati maʼlum qilmoqda.
“Boş prokuratura tomonidan jinoiy uyuşma tarkibida tovlamaçilik, byudjet mablağlarini talon-toroj qiliş va çet el davlatlarda jinoiy daromadlarini legallaştiriş kabi jinoyatlarni sodir etgan Gulnora Karimova va boşqalarga nisbatan bölgan jinoyat işi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlandi.
Hozirda jinoyat işi mazmunan körib çiqişlik uçun ayblov xulosa bilan sudga yuborildi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot örnida, tergov jarayonida aniqlanişiça, Gulnora Karimova öziga yaqin şaxslardan iborat bölgan bir neça uyuşgan jinoiy guruhlarni taşkil etgan holda jinoiy uyuşmani boşqarib kelgan.
Gulnora Karimova va uning jinoiy şeriklari uyuşgan jinoiy guruhlar tarkibida sodir etgan jinoyatlar uçun sud tomonidan tayinlangan jazoni ötab kelişmoqda.
Hozirgi kunda, tergov tomonidan Gulnora Karimova unga respublika sanoat korxonalarida faoliyat yuritgan va juda köp miqdordagi jinoiy daromadlardan uluş berib kelgan yana bir uyuşgan jinoiy guruhga ega bölganligi aniqlandi.
Bundan taşqari, Gulnora Karimova fuqarolar va turli kompaniyalar egalariga bosim ötkaziş va qörqitiş yöllari orqali ularning mulklarini öziga tegişli bölgan kompaniyalarga rasmiylaştirib berişga majbur qilgan.
Mazkur tergov qilinayotgan jinoyat işi doirasida yetkazilgan zararning miqdori 165 mln AQŞ dollari va 85 mlrd sömdan köproqni taşkil qildi.
Gulnora Karimovaga Jinoyat kodeksining tegişli moddalarida nazarda tutilgan tovlamaçilik, talon-toroj qiliş, Özbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravişda bitimlar tuziş va jinoiy uyuşmani taşkil etiş bilan boğliq jinoyatlarini sodir etganligi böyiça yangi ayblov eʼlon qilindi.
Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Yaşnobod tuman sudining ajrimi bilan Gulnora Karimovaga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Jinoyat işi tergovi jarayonida Gulnora Karimovaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini özi va yaqin qarindoşlari tomonidan jalb qilingan 7 nafar advokatlar himoya qilmoqda.
Qalampir.uz Tahririyati









