Diqqat! Koronavirus böyiça maxsus komissiyaning navbatdagi qarori eʼlon qilindi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq «qizil», «sariq» va «yaşil» hududlarga ajratiş tartibi, şuningdek, kuçaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi. Bu haqda maxsus komissiyaning navbatdagi qarori eʼlon qilindi.

Unga köra, karantin 1 avgustgaça uzaytirildi:

– Hududlarni uç toifaga ajratiş amaliyoti avgustgaça davom etadi. Jamoat joylarida niqob va antiseptikdan foydalanilişi böyiça nazorat kuçaytiriladi.

– Tadbirkorlik subʼektlarida belgilangan sanitariya talablariga rioya etilmasligi oqibatida koronavirus aniqlansa, bu obʼektlar va şaxslarni karantinga oliş bilan boğliq xarajatlar mazkur subʼektlar hisobidan qoplanadi.

– 1 avgustdan davlat boğçalari faoliyatiga ruxsat beriladi

– 15 iyundan  «yaşil» va «sariq» hududlarda xususiy boğçalar oçiladi. Ularda maşğulotlar 15 kişidan ortiq bölmagan guruhlarda taşkil etiş töğrisidagi çeklov bekor qilindi.

– Toşkent-Samarqand-Toşkent yönalişida «Afrosiyob» poyezdlari harakatiga ruxsat berildi. Bundan taşqari, Toşkentdan Buxoro, Termiz, Xiva, Nukus şaharlariga va aks yönalişlarda poyezdlar qatnovi tiklanadi. Andijondan Xiva, Buxoro, Termiz şaharlariga va aks yönalişlarda ham poyezdlar harakatiga izn berildi.

– Avtotransport vositasida yolğiz harakatlanayotgan haydovçiga tibbiy niqobdan foydalanmaslikka ruxsat berildi.

×