Özbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan 1—5 sentyabr kunlari dam oliş deb eʼlon qilingani bois pensiya va nafaqalarni tölab beriş muddati uzaytirilmoqda. Bu haqda Pensiya jamğarmasi va Xalq bankining qöşma bayonotida qayd etilgan.
Prezidentning 2020 yil 3 dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida”gi farmoniga asosan, 1—5 sentyabr kunlari barça soha vakillari uçun dam oliş kuni deb eʼlon qilingan.
Şu munosabat bilan fuqarolar örtasida tuşunmovçiliklar yuzaga kelişining oldini oliş hamda pensiya va nafaqa oluvçilarning ovoragarçiliklariga yöl qöymaslik maqsadida Pensiya jamğarmasi va Xalq banki bayonot bilan çiqqan.
Unga köra, sentyabr oyi uçun beriladigan pensiya va nafaqa tölovlari naqd pul şaklida 6—7 sentyabr sanasidan boşlab amalga oşiriladi hamda belgilangan muddatlargaça tölanişi taʼminlanadi.
Şuningdek, pensiya va nafaqa tölovlarini naqd pulsiz şaklda oluvçi fuqarolarga mablağlar 6—7 sentyabr kunlari ularning bank plastik kartalariga ötkazib beriladi.
Bugunga qadar Prezidentning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli farmoniga muvofiq, pensiya va nafaqa pullari har oy birinçi bank iş kunidan boşlab 27-sanasiga qadar tölab kelinayotgan edi.
Xususan, tölovlar kunlik grafik asosida (dam oliş kunlaridan taşqari) mahalla fuqarolar yiğinlari va fuqarolarning yaşaş manziliga borgan holda yetkazib kelingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyevning farmoni bilan 1 sentyabrdan boşlab byudjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oşirilişi töğrisida xabar berilgandi. Farmonga köra, pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 söm, yoşga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 söm, bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 622 000 söm etib belgilangan.









