Qaşqadaryolik oila çaqaloqlariga ism qöyiş uçun prezidentdan ruxsat oldi

Qaşqadaryolik oila çaqaloqlariga ism qöyiş uçun prezidentdan ruxsat oldi

Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumani Ğozliq mahallasi Qötontepa qişloğida istiqomat qiluvçi Muslimbek Xazratov va Navbahor Duşayeva oilasida 3 nafar egizak qizaloqlar dunyoga keldi.

Bu haqda «Nasafnews» sayti qizaloqlarning bobosi Şodiyor Safarovga asoslanib maʼlum qildi.

Şodiyor Safarovning aytişiça, egizaklar 31 avgust kuni Toşkent şahridagi Perinatal markazda tuğilgan.

Eʼtiborlisi, ularga Prezident Şavkat Mirziyoyevning oila aʼzolari – rafiqasi Ziroatxon, qizlari Şahnozaxon va Saidaxonning ismi qöyilgan.

Şodiyor Safarovning aytişiça, bu borada Prezidentga xat yozib, ulardan rozilik ham olingan.

×