Bugun 9 avgust kuni kuç işlatar tuzilmalar tomonida hibsga olingan Qirğizistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev aslida kim va u qanday qilib, mamlakatning törtinçi Prezidentiga aylandi? Almazbek Atamboyev 1956 yil 17 sentyabrda Qirğizistonning Frunze viloyati (hozirgi Bişkek) Voroşilov tumani Araşan qişloğida tuğilgan, 1980 yilda u Serjo Orjonikidze nomidagi Moskva boşqaruv institutini (hozirgi Davlat boşqaruv universiteti) muhandis-iqtisodçi, mutaxassisligi böyiça tugatgan. Mehnat faoliyatini muhandis, söngra Qirğiziston SSR Aloqa vazirligi korxonalarida yetakçi iqtisodçi sifatida boşlagan. 1981 yilda u 4-sonli yöllarga texnik xizmat körsatiş bölimining boş muhandisi lavozimiga ötkazildi.
Referentlikdan direktorlikkaça 1983 yilda Almazbek Atamboyev Qirğiziston SSR Oliy Kengaşi Prezidiumida muharrir va katta referent etib tayinlangan. 1983 yildan SSSR Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosiga aylanadi. 1987-1989 yillarda Frunze (Bişkek) şahrining Birinçi may tumani ijroiya qömitasi raisining örinbosari böldi. 1989 yilda u barça lavozimlarini taşlab, tadbirkorlik faoliyatini boşladi. 1997 yilgaça u “Forum” ilmiy-işlab çiqariş kompaniyasi direktori, söngra 1997 yildan 1999 yilgaça “Qirğizavtomaş” OAJ boş direktori lavozimlarida işladi. 1999-2004 yillarda “Forum” sanoat guruhi direktorlar kengaşi raisi, 2004 yildan 2005 yilgaça “Qirğizavtomaş” korporatsiyasi direktorlar kengaşi raisi bölgan.
Deputatlikdan Hukumatgaça Almazbek Atamboyev 1995-2000 yillarda 2-çaqiriq Jöqorğu Keneş Xalq vakillari assambleyasiga saylangan. U öz okrugida 3-çaqiriq Jöqorğu Keneş deputatligiga nomzod sifatida qayta saylandi, ammo saylovda yutqazdi. 2000 yilda Qirğiziston Respublikasida bölib ötgan Prezident saylovlarida Almazbek Atamboyev uçinçi örinni egalladi. “Lola” inqilobidan söng, 2005 yil sentyabrdan 2006 yil aprelgaça Qirğiziston Respublikasi sanoat, savdo va turizm vaziri bölgan. 2007 yilning 30 martidan 2007 yil 28 noyabrigaça Respublika Boş vaziri. “Aprel inqilobi”dan söng, 2010 yil 7 aprelda muvaqqat hukumat rahbarining iqtisodiyot böyiça örinbosari böldi va 2010 yil 13 iyul kuni isteʼfoga çiqdi.
Hukumatga qaytiş Almazbek Atamboyev Qirğiziston Boş vaziri lavozimiga daʼvogarlik qildi, biroq Jalolobod viloyati gubernatori Bektur Asanovning pozitsiyasi sabab parlamentning qöllab-quvvatlaşiga erişolmadi. Bektur Asanov 2010 yil 17 dekabrda Jalolobod viloyati hokimi lavozimidan ozod qilinganidan keyin Almazbek Atamboyev Roza Otunboyeva boşçiligidagi muvaqqat Hukumatning rahbari etib tasdiqlandi. Qirğizistonda ötiş davrining sönggi yilida öz baxtini sinab köriş maqsadida u uçinçi marotaba respublika Prezidentligiga nomzod böldi. Siyosiy minbarlaragi nutqi va qirğiz xalqining yaxşi yaşaşi töğrisida berilgan vaʼdalari sabab u saylovning birinçi turidayoq katta farq bilan raqiblarini ortda qoldirdi.
Vanihoyat uddaladi Qirğizistonda 2011 yilning oktyabrida ötkazilgan Prezidentlik saylovlarida Almazbek Atamboyevga Adaxan Madumarov, Kamçibek Taşiyev, Temirbek Asanbekov, Omurbek Suvanaliyev, Kubatbek Baybolov, Tursunboy Bakir öğli, Anarbek Kalmatov, Arstanbek Abdildayev, Marat Imanqulov, Kuboniçbek Isabekov, Kurmanbek Osmonov, Akbarali Aytikeyev, Torobay Kolubayev, Sooronbay Diykanov, Almazbek Karimovlar siyosiy raqib bölgan. 2011 yilning 1 dekabrida Qirğistonning yangi Prezidenti Almazbek Atamboyevning Prezidentlik inagurtsiyasi ötkazildi.
Serfarzand Atamboyev 
Atamboyevning 6 nafar farzandi bölib, hozirgi rafiqasi Raisa Atamboyeva bilan 1988 yilda turmuş qurgan va bu nikohdan ularning Qadir va Aliya ismli öğil-qizlari bor. Seyitbek, Seytek, Diana, va Dinaralarninig onasi Atamboyevning birinçi rafiqasi Buajar Tenizbayeva hisoblanadi.

Sobiq Prezident Almazbek Atamboyev siyosatdan taşqarida gitarada qöşiqlar ijro etişni huş köradi.
Qirğizistonning eng boy odami 2004 yilda Almazbek Atamboyev Qirğizistonning eng boy 100 kişisi qatoriga kiritilgan. 2017 yilning noyabr oyiga qadar garçi “manbalari nomaʼlumligiça qolayotgan” bölsa-da, Almazbek Atamboyev Qirğizistonning nihoyatda boy Prezidenti bölib turgan.

Vakolat muddati tugagaç, sobiq Prezident ismi munitsipal mulkni noqonuniy xususiylaştirişdan tortib infratuzilmaviy loyihalar mablağlarini ömarişgaça bölgan jinoyat işlarida tilga olina boşladi. Atamboyev va uning eng yaqin gumaştalari korruptsiya va noqonuniy faoliyatda ayblangan maqolalar Qirğiziston ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda paydo böldi. Oltmiş uç yoşni qoralagan Almazbek Atamboyev öz boyligi bilan oşkora maqtanişni ham yaxşi körardi. 2016 yilda, xorijiy davlatlar elçilari işonçi yorliqlarini topşiriş marosimida Qirğiziston Prezidenti uning siyosiy karerasi milliarderga aylangaç boşlanganini aytib ötgan. 2017 yilning fevralida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvi çoğida Atamboyev şunday degan: “Atamboyev heç qaçon öğrilik qilmagan! U öz pullarini özi işlab topgan! Atamboyev milliarderga aylanganida, bugungi millionerlar öz bizneslarini endi boşlaşgan edi!” Ammo, sobiq Prezidentning deklaratsiyalangan daromadi juda kamtar. 2010 yilda u vaqtinçalik Hukumatda Boş vazir sifatida 5 ming 944 dollar işlab topgan. 2015 yilga kelib, rasmiy maʼlumotlarga köra, Atamboyev 111 ming 205 dollar, uning rafiqasi Raisa Atamboyev 580 ming 860 dollar daromad qilgan. Haşamatli boyliklarga eʼtibor qaratilsa, sobiq Prezident oilasi prezidentlik çoğida ança köpaygan, biroq kelib çiqişi nomaʼlum bölgan yanada kattaroq moliyaviy resurslarga ega ekanligi oydinlaşadi. Şunday obʼektlardan biri — Bişkekdan janubroqda joylaşgan, 2016 yilda qurilgan Qöy-Toşdagi uç qavatli saroydir. Ayni şu saroydan bugun u hibsga olib ketildi. Prezidentlikka saylanguniga qadar Atamboyev Bişkekning şarqidagi közga taşlanmas uyda istiqomat qilgan. 2018 yilning martida sobiq Prezident Bişkekdagi davlat rahbari qarorgohi hududida maydoni 300 kvadrat metr bölgan yozgi villa qurgan.[:]