4 yildagi eng köp kuttirilgan mandat

4 yildagi eng köp kuttirilgan mandat

Ayni paytda 948 ming abituriyent mandat qaçon çiqişi haqidagi xabarni intizorlik bilan kutyapti. Bugun, 1 sentyabr kuni kiriş imtihonlari yakunlanganiga 16 kun böldi. Bu oxirgi 4 yil içida abituriyentlarni eng köp kuttirgan qabulga aylandi. Biroq, mandat hali eʼlon qilinmayapti va qaçon eʼlon qilinişi haqida biror xabar ham berilgani yöq.

Bu yil OTMlarning bakalavriatiga 948 ming abituriyent hujjat topşirgan. Ularning ota-onasi va yaqinlarini ham hisoblasak, milliondan oşiq odam mandat eʼlon qilinişini kutyapti.

Imtihonlar 5 avgustdan 16 avgustgaça davom etdi. Yaʼni asosiy testlar töliq tugaganiga bugun, 1 sentyabrda 16 kun töladi.

Tana harorati yuqori va koronavirusga çalingan abituriyentlar (973 nafar) uçun 23 avgustda imtihon taşkil qilindi va ularning natijalari ham imtihonning ertasigayoq eʼlon qilingan.

Bundan oldingi yillarda mandat qança kuttirgan?

2020 yil – 12 kun

Ötgan yili pandemiya sabab kiriş imtihonlari biroz keçroq – 2-13 sentyabr kunlari bölib ötgan va mandat 25 sentyabrda eʼlon qilingan. 2020 yilda abituriyentlar asosiy imtihon tugagandan söng javobni 12 kun kutgan.

2019 yil – 9 kun

2019 yilda kiriş imtihonlari 29 iyuldan boşlangan va 15 avgustgaça, 17 kun davom etgan. Mandat esa 24 avgust kuni eʼlon qilingan. Bu yili abituriyentlar oxirgi imtihon sanasidan boşlab jami 9 kun kutgan.

2018 yil – 1 kun

2018 yilda imtihonlar 1 avgustdan 13 avgustgaça bölgan sanada ötkazilgan va har kungi imtihonning ertasi kuniyoq yakuniy natijalar ham eʼlon qilingan. 2018 yilda imtihon natijalarining 1 kundayoq eʼlon qilinişiga sabab OTMlar uçun imtihonlarning alohida tarzda ötkazilgani bölgan, şuning uçun abituriyentlar ertasi kundayoq töplagan ballari bilan birga talabalikka qabul qilinganini ham biliş imkoniga ega edi. 2018 yilda abituriyentlarga bittadan ortiq yönalişni tanlaş imkoni berilmagan.

Eng uzoq kuttirgan qabul

Sanalarga eʼtibor berilsa, 2021 yilgi qabul yaqin yillardan beri abituriyentlarni eng uzoq kuttirgani bölib çiqyapti.

Albatta, bu yil abituriyentlarga grant ustuvorligini tanlaş imkoni berilgani, imtiyozlarning alohida hisoblana boşlangani hamda boşqa yangiliklar va ular tuğdiradigan murakkabliklar yakuniy natijalarni hisoblaş keçikişiga maʼlum maʼnoda taʼsir qilişi mumkin. Lekin abituriyentlar soni oldingi yildan ança kam ekani hisobga olinsa, javoblar ança keç qolayotgani anglaşiladi.

Kun.uz Davlat test markazi matbuot xizmatiga bu yilgi mandat qaçon eʼlon qilinişi böyiça savol bilan murojaat qildi. Lekin matbuot xizmati xodimlari ham yakuniy natijalar qaçon eʼlon qilinişi haqida aniq maʼlumotga ega emasligini bildirdi. Sababi test natijalarini eʼlon qiliş faqat DTMga boğliq emas.

Aslida, 1 hafta

Vazirlar Mahkamasining 2017 yilgi qabulga oid qarorida “abituriyentning test sinovidan töplagan ballari haqidagi maʼlumot test sinovi ötkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani böyiça belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini ötkaziş jarayoni töliq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat içida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi”, deb belgilangan.

2019 yili qabul qilingan qabulga oid prezident qarorida ham xuddi şu muddat qayd etilgan.

23 avgust kuni tana harorati yuqori va koronavirusga çalingan abituriyentlar uçun ötkazilgan imtihon sanasi sönggi kun deb hisoblansa ham, javoblar 30 avgust kuni eʼlon qilinişi kerak edi. Har ikkala qarorda belgilangan muddatga 3 yildan beri amal qilinmayapti.

Huquqşunos va bloger Xuşnud Xudoyberdiyev javoblarning 2019 yildan beri qonunçilikda belgilanganidan keçikib eʼlon qilinayotganini tanqid qildi.

“Bir marta keçikiş bu tasodif, ikki marta keçikiş ana bor istisno. Ammo 3 marta ketma-ket aytilgan muddatda javoblarni eʼlon qilişni eplolmaslik – tizimda nimadir xatoligini anglatadi. Iş va yuklama köpligi haqidagi gaplar eskirdi, menimça. Yaxşisi tizimni qayta körib çiqiş kerak. Qaysidir bosqiçda nimanidir hisobga olmayapsizlar, nimadir işni faqat orqaga tortyapti. Öşa "nimani" topiş unça qiyin iş emas, aslida. Faqat bunga sal xohiş bölsa kifoya”, deb yozadi Xuşnud Xudoyberdiyev.

Nima bölganda ham masʼullar biroz masʼuliyatli bölsa, maqsadga muvofiq bölar edi. Natijani 948 ming abituriyent va ularning sonidan 3-4 baravar köp yaqinlari kutyapti.

Manba: Kun.uz

×