Bugun Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda yangi nodavlat teleTARMOQ öz faoliyatini boşladi.
Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (ÖzEOAVMA) muassisligidagi Renessans TV teleTARMOĞI joriy yilning aprel oyida ÖzEOAVMA taşabbusi bilan bir qator vazirlik va idoralar hamkorligida işlab çiqilgan «Yangi Özbekiston. Yangi nigoh» media dasturi doirasida taşkil etilmoqda.
Renessans TV teleTARMOQ 2021 yil 1 sentyabr soat 6.00 dan test rejimida öz efirini boşladi. Hozirça respublikamizning 70% hududini qamrab olişi közda tutilgan teletarmoq keyinçalik bosiçma-bosqiç butun yurtimiz böylab öz mediamahsulotlarini taqdim etadi.
«Ayni paytda assotsiatsiyamiga aʼzo bölgan 48 teleradiokanalning 13 tasini hududlardagi nodavlat telekanallar taşkil etadi, — deydi teletarmoq Boş direktori R. Rajabov.
— Ularning har biri öz auditoriyasi, öz tarqaliş hududiga ega bölgani sababali bir-biri bilan raqobatlaşmaydi. Renessans TVning asosiy maqsadi uşbu telekanallarni televizon tarmoq MEXANIZM ORKALI , har tomonlama qöllab-quvvatlaşdan iborat. Öz navbatida joylardagi jarayonlarni, voqea-hodisalarni muntazam yoritişda hududiy nodavlat telekanallar hamTELETARMOQ BILAN YAKINDAN HAMKORLIK QILADI VA ÖZ MAXSULOTLARINI TELETARMOQGA JOYLAŞTIRIŞGA IMKONIYAT PAYDO BÖLADI»
Hududiy nodavlat telekanallarning aksariyati töliq litsenziyalangan media-mahsulotlarni sotib oliş imkoniyatiga ega emas. Renessans TV esa, Özbekiston kinematograiya agentligi,tegişli hamkor taşkilotlar bilan şartnoma asosida turli media-mahsulotlar, filmlar va seriallarni mazkur televizion tarmoq orqali tomoşabinlarga taqdim etadi. Şuningdek, jamiyatimizdagi dolzarb masalalarning yetakçi ekspertlar, tegişli mutasaddilar, taniqli jurnalist va blogerlar iştirokidagi muhokamasiga bağişlangan turli formatdagi körsatuvlar efirga uzatiladi.
Hozirda teletarmoqning ijodiy va texnik guruhlari şakllantirilgan, efirga tayyorgarlik jarayonlari qizğin davom etmoqda. Test rejimida teletarmoq xodimlari özbek kinosining nodir durdonalari hamda sönggi yillarda yaratilgan badiiy va hujjatli filmlar, mumtoz va zamonaviy kuy-qöşiqlar, taniqli sanʼatkorlarning konsert dasturlarini tomoşabinlar eʼtiboriga havola etadilar.









