Prezident Zomindagi örmon yonğinini kim sodir etganini maʼlum qildi

Prezident Zomindagi örmon yonğinini kim sodir etganini maʼlum qildi

Şavkat Mirziyoyev Zomindagi örmon yonğinini “boyvaççaning öğli” sodir etganini maʼlum qildi.

Keça, 24 avgust kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida ekologiya muammolariga bağişlangan videoselektor yiğilişi vaqtida Zominda röy bergan yonğinga töxtatilib ötdi.

“Men özim qişloqqa borib qattiq öyga tolaman, Zominda yonğin böldi, bir boyvaççaning öğli şu işni qilibdi”, – deydi Mirziyoyev.

Şavkat Mirziyoyev Zomindagi yonğin kelib çiqişi bilan prokuratura şuğullanayotganini va çora körilişini maʼlum qilgan.

Taʼkidlab ötiş joiz, 8 avgust kuni Jizzax viloyati Zomin milliy tabiat boğida yonğin yuzaga kelgan va yonğin natijasida 10 sotix maydon yonib zararlangan.

×