«Emlanganlik töğrisida soxta sertifikat ozodlikdan mahrum qilişga sabab bölişi mumkin» — Nurmat Otabekov

«Emlanganlik töğrisida soxta sertifikat ozodlikdan mahrum qilişga sabab bölişi mumkin» — Nurmat Otabekov

Özbekistonda fuqarolar örtasida emlanganlik töğrisida soxta sertifikat oliş (emlanmasdan turib), bir turdagi vaktsinani olib, boşqa turdagi vaktsina olgani haqida hujjatlarni rasmiylaştirişga urinişlar uçun qonunda qatʼiy javobgarlik turlari belgilab qöyilgan. Bu haqda SSV huzuridagi Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi aʼzosi Nurmat Otabekovga tayanib, ÖzA xabar berdi.

Unga köra:

  • Özbekiston Jinoyat kodeksining 228-moddasiga muvofiq, hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş;
  • soxtalaştiruvçining özi yoki boşqa şaxs foydalanişi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlaşi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilaştirişi yoxud bunday hujjatlarni sotişi, şunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki taşkilotning qalbaki ştamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlaş yoxud sotiş — bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigaça (12,25 million sömdan 24,5 million sömgaça) miqdorda jarima yoki 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.

Öşa harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist, bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bölsa — 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalaniş — bazaviy hisoblaş miqdorining 25 baravaridan 50 baravarigaça (1,225 million sömdan 12,25 million sömgaça) miqdorda jarima yoki 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 2 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 2 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

×