BMT xavfsizlik kengaşi «Tolibon»ni terrorçi taşkilotlar röyxatidan çiqarganidan keyingina Rossiya ham ularni ana şunday röyxatdan çiqarişi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Zamir Kabulov maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, agar toliblar «inson huquqlariga rioya qilişning asosiy tamoyillarini buzmasa» BMT Xavfsizlik kengaşi tegişli qaror qabul qilişi mumkin.
«Avvalo Xavfsizlik kengaşining barça aʼzolari yangi hukumat özini yaxşi tutişga tayyorligiga işonç hosil qilişi kerak. Barçada ana şunday nuqtayi nazar hosil bölganidan söng protsedura boşlanadi», — dedi Kabulov.
Uning qöşimça qilişiça, Rossiya «Tolibon»ni BMT Xavfsizlik kengaşi qaroridan keyingina terrorçi taşkilotlar röyxatidan çiqaradi.
BMT Xavfsizlik kengaşi toliblarni 2003 yilda terrorçilar röyxatiga kiritgandi. Öşa yili Rossiya oliy sudi «Tolibon»ni terrorçi taşkilot deb tan olgan.









