Alişer Usmonov Britaniyaning 10 nafar eng boy odami röyxatidan joy oldi

Alişer Usmonov Britaniyaning 10 nafar eng boy odami röyxatidan joy oldi

Rossiyalik tadbirkorlar Alişer Usmonov, Mixail Fridman va Roman Abramoviç Sunday Times britan naşri reytingiga köra, navbatdagi marotaba Britaniyaning eng boy odamlari qatoridan joy oldi.

Jumladan, Alişer Usmonov joriy reytingda öz pozitsiyasini bir poğonaga yaxşilab, 2019 yildagi 8-örindan 7-öringa kötarilgan. Uning boyligi 11,68 mlrd funt sterlingga baholangan. Biznesmenning ötgan yilda boyligi 11,399 mlrd funt sterlingga baholangandi. Naşrda taʼkidlanişiça, Usmonov joriy yilda Rossiyaga koronavirusga qarşi kuraş uçun 118 mln funt sterling bergan. 

Şuningdek, yana bir rossiyalik tadbirkor, “Alfa-grupp” asosçisi Mixail Fridman reytingning 11-örnidan joy olgan. Uning boyligi 10,23 mlrd funt sterlingga baholangan. Millhouse investitsiya kompaniyasining asosiy egasi Roman Abramoviç joriy reytingda ötgan yildagi 9-örindan 12-öringa tuşib ketgan. Naşrning baholaşiça, uning boyligi 10,16 mlrd funt sterlingga teng.   

Joriy reyting yetakçilari britaniyalik tadbirkor, ixtiroçi, Dyson kompaniyasi asosçisi Jeyms Dayson va uning oilasi bölgan. Biznesmenning boyligi 16,2 mlrd funt sterlingga baholangan. 

2-örinni Hinduja Group kompaniyasi egalari aka-uka Şri va Gopi Hinduya va Trans World Group kompaniyasi asosçilari aka-uka Devid va Saymon Ruben egallagan. Ikkala aka-ukalarning boyligi 16 mlrd funt sterlingga baholangan. 

Şuningdek, reytingning yuqori öntaligidan biznesmen Leonard Blavatnik, INEOS kimyo kontserni egasi Jim Retkliff, , Vestminster gertsogi Xyu Grovenor ham joy olgan.

Naşr ekspertlari koronavirus pandemiyasining eng boy britaniyaliklarga taʼsirini ham örganib çiqişgan. Ularning hisob-kitoblariga köra, Britaniyaning eng boy odamlari pandemiya sababli 2 oy içida 54 mlrd funt sterling yöqotgan. Baʼzi tadbirkorlar, jumladan 20 milliarder, pandemiya sababli öz xodimlarini haq tölanmaydigan taʼtilga jönatgan. Biroq naşrning yozişiça, pandemiyaning salbiy oqibatlari moliyaviy sohada endi boşlanmoqda.

Taʼkidlanişiça, Britaniyaning eng boy ming kişisining umumiy boyligi 743 mlrd funt sterlingni taşkil qilmoqda. Bu esa 2019 yilga nisbatan 29 mlrd funt sterling kamroq. 

×