Video: Şerobodda Afğoniston Qurolli kuçlarining samolyoti qulagani tasdiqlandi

Video: Şerobodda Afğoniston Qurolli kuçlarining samolyoti qulagani tasdiqlandi

Mudofaa vazirligi Özbekiston hududida afğon Qurolli kuçlari samolyoti qulaganini tasdiqladi. Vazirlik matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, keça davlat çegarasini buzişga uriniş holatining oldi olingan.

Hodisa oqibatida qurbon bölganlar yöqligi aytilmoqda. Hozirda bu holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Özbekiston havo maydonini qöriqlaşni kuçaytiriş suriştiruv yakunlangandan söng qabul qilinadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq 15 avgust kuni keçqurun Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida Afğoniston farqlaş belgilari bölgan samolyot qulab tuşgan. Ijtimoiy tarmoqlarda qulagan samolyot qismlari va kamida bir inson jarohatlanganligi aks etgan video va fotolar tarqaldi.

Gazeta.uz naşrining Surxondaryodagi manbasi ikki nafar afğonistonlik harbiy xizmatçi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filialiga yotqizilganligini tasdiqladi.

“Bu voqeadan bir kun oldin uç afğon askari kasalxonaga yotqizilgan. Katta ehtimol bilan, gap Özbekiston Taşqi işlar vazirligi öz bayonotida xabar bergan uç yarador afğon askari haqida ketmoqda”, deya yozadi naşr.

Beş nafar afğonistonlikning ahvoli örtaça deb baholanmoqda. Yaradorlar “kökrak qafasining penetral jarohati, miya çayqalişi va boşqalar” taşxisi bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan, deya taʼkidladi manba.

Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga köra, samolyotda bölganlar paraşyut bilan sakragan. Şuningdek, yana bir özbekistonlik harbiy xizmatçining kasalxonaga yotqizilganligi haqida xabar berilmoqda. Uning ahvoli oğir deb baholanmoqda. Bu afğon samolyot bilan qulaşi boğliqmi yoki yöqmi, maʼlum emas.

Maʼlumot uçun, 14 avgust kuni Özbekiston davlat çegarasini kesib ötgan 84 nafar Afğoniston harbiy xizmatçisiga tibbiy yordam va vaqtinçalik boşpana taqdim etdi. TIV afğon fuqarolarini vataniga qaytariş hamda Termiz-Hayraton köprigi hududidagi vaziyatni yumşatiş uçun afğon tomoni bilan muzokaralar olib bormoqda.

×