Özbekistondagi nosoz attraktsionlarning eng köpi qayerda joylaşgani aniqlandi

Özbekistondagi nosoz attraktsionlarning eng köpi qayerda joylaşgani aniqlandi

Özbekiston Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi mamlakatdagi madaniyat va istirohat boğlaridagi attraktsionlarning holatiga oid maʼlumotlar bilan bölişdi.

Maʼlum qilinişiça, 2019–2021 yillarda ötkazilgan örganiş natijalariga köra, bugungi kunda Özbekistonda 143 ta madaniyat va istirohat boğlarida 1879 ta attraktsion mavjud. Qömita tomonidan mavjud attraktsionlarning xavfsizlik talablariga javob berişi örganilganida 582 ta nosoz, 738 ta taʼmirtalab va 175 ta qölbola attraktsion aniqlangan.

Texnik holati normativ talablarga javob bermaydigan attraktsionlarning aksar qismi Andijon (241 ta), Namangan (229 ta), Farğona (229 ta), Samarqand (145 ta) va Surxondaryo (137 ta) viloyatlari hissasiga töğri kelgan. «Sönggi paytlarda attraktsionlar bilan boğliq noxuş holatlarning köpayişiga attraktsion egalarining bepisandligi va ularni örnatişda maxsus ixtisoslaşgan taşkilotlarning jalb qilinmagani sabab bölgan. Bugungi kunga kelib körilgan çoralar natijasida xavfsizlik talablariga javob beruvçi attraktsionlar böyiça körsatkiç 20,5 foizdan 53,1 foizga yetdi», — deyiladi xabarda.

Maʼlumot uçun, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi Istirohat boğlari va attraktsionlarni nazorat qiliş inspektsiyasi sohaga doir xavfsizlik nazorati amalga oşadi. Inspektsiya 2019 yilda öz faoliyatini boşlagan. Unga qadar attraktsionlar xavfsizligini nazorat qiluvçi taşkilot mavjud bölmagan.

×