Toşkent va Namangan «peşqadam»: tört hududda kasallik aniqlandi

Toşkent va Namangan «peşqadam»: tört hududda kasallik aniqlandi

2020 yil 17 sentyabr soat 18:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 49 627 (+242) nafarni taşkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallaniş holatlarining 188 nafari Toşkent şahrida, 41 nafari Namangan viloyatida, 7 nafari Farğona viloyatida hamda 6 nafari Toşkent viloyatida tana harorati kötarilganligi hamda koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Şu bilan birga, Toşkent viloyatida yaşagan 59 yoşli E.N. (erkak) hamda poytaxtlik 69 yoşli B.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toşkent şahrida 342 nafar, Toşkent viloyatida 71 nafar, Namangan viloyatida 50 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 6 nafar, Farğona viloyatida 5 nafar, Qaşqadaryo viloyatida ham 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar, Surxondaryo viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.

Şunday qilib, yurtimizda 45 970 (+496) nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (93 foiz) soğaygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 244 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.

×