Xabaringiz bor, bugun, 21 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmançi yalpi majlisida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yilning 31 martidan 2019 yilning 20 iyuniga qadar Özbekiston Respublikasi Boş prokurori lavozimida faoliyat yuritgan Otabek Murodovga nisbatan jinoiy iş oçilganini oçiqladi. Davlat rahbarining maʼlum qilişiça, Murodovga oçilgan jinoiy iş korruptsiya bilan boğliq. Bu haqda Senat yalpim majlisida iştirok etayotgan QALAMPIR.UZ muxbiri Sunnatilla Abyudullayev xabar berdi.
“Mana, ikkinçi prokuror ham korruptsiyada ayblanib, jinoyat işi oçildi. Men unga işongandim. Kimgadir işonib, uni prokuror lavozimiga qöysamu u ertaga borib viloyat, tumandan 100-50 ming pora söraydi. Prokuraturaning özida prokuror böladigan odam yöq, ular töda bölib ketgan. Prokurorlar ham, soliqçilar ham hammasi poraxör. Sobiq rahbarlar Abdullayev ham, Murodov ham katta muddat bilan ozodlikdan mahrum etiladi”, deydi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident Otabek Murodov haqidagi fikrlarini davom ettirarkan, ularning iş boşlamasidan poraxörlikka berilişini tanqid qildi.
“Kimgadir amal beraman, u esa pora oladi, 20 xonalik uy quradi. Şu uyning bor-yöği ikkita xonasida yaşaydi. Nima kerak pora olib?”
Eslatib ötamiz, Murodovgaça Özbekiston Respublikasi Boş prokurori lavozimida işlagan Raşid Qodirov va Ixtiyor Abdullayevga ham jinoyat işi oçilgan edi. Qalampir.uz Tahririyati









