Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ötkazilgan qator tadbirlarda huquqni muhofaza qiluvçi organlarning korruptsioner xizmatçilari qölga olindi.
Xususan, Jizzax viloyatida tuman prokurori xizmat xonasida 800 AQŞ dollari pora bilan uşlandi. Prokuror taʼmirlaş va obodonlaştiriş işlari bilan şuğullanuvçi DUKning mansabdor şaxslari va boşqalariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida quriliş firmasi rahbariga qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllamaslik va mazkur firmada aniqlangan kamomad miqdorini kamaytirib körsatiş uçun undan 2000 dollar söragan. Pullarning qolgan 1200 dollarini muqaddam olgan.
Samarqand viloyatida esa tuman prokurori örinbosari moddiy manfaatdorlikni közlab mahalliy fermer xöjaligi rahbariga nisbatan sud tomonidan tayinlangan 3 yil ozodlikni çeklaş jazosini boşqa oğirroq jazo turiga özgartiriş uçun protest kiritib, sudning apellyatsiya bosqiçida hukmni öz kuçida qoldiriş evaziga 10 ming dollar talab qiladi. Ötkazilgan tezkor tadbirda prokuror örinbosarining topşiriği bilan uning vositaçisi söralgan pulni olgan vaqtida uşlangan. Prokuror örinbosarining aloqadorligi vositaçisi bergan körsatma asosida ötkazilgan tadbirda aşyoviy dalillar bilan isbotlandi.
Namangan viloyatida tuman MIB rahbari mahalliy fuqaroni Qirğizistondagi Jalolobod davlat universitetidagi öqişini Andijon davlat tibbiyot institutiga köçirişda oliy taʼlim vazirligidagi tanişlari orqali yordam berişini aytib, buning uçun 700 dollar söraydi va 300 dollar hamda 1 mln 50 ming sömni oladi. U qolgan 200 AQŞ dollari va 1 mln 50 ming söm olgan vaqtida uşlangan.
Buxoro viloyatidagi “Qoraköl” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postining katta inspektori xorijiy tadbirkorning Turkmaniston hududidan keladigan yuk vagonlarini bojxona tölovlarini kam tölaydigan qilib körsatib, kunlik omborxona tölovlari tölanmaydigan şaklda deklaratsiya rasmiylaştirib beriş evaziga undan 800 AQŞ dollari talab qilgan. Bojxonaçi söralgan puldan 400 dollar olgan vaqtda uşlangan.
Mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoiy işlar oçilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









