Namanganda va Vodiyning toğ oldi hududlarida sel kelişi xavfi bor

Namanganda va Vodiyning toğ oldi hududlarida sel kelişi xavfi bor

Bugun, 16 iyul kunduz kuni Toşkent, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.

Baʼzi joylarda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi mumkin. Havo harorati 30-35° atrofida saqlanib turadi.

Poytaxtimizda yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 30-32° ni taşkil etadi.

Respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq buladi. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gaça kuçayadi. Havo harorati 18-23° böladi.

Farğona vodiysi va Qirğizistonga yondoş hududlarda kutilayotgan mahalliy yomğirlar hisobiga, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarining toğ oldi va toğli hududlarida sel kelişi xavfi bor.

×