Qurbon hayiti namozining öqiliş vaqtlari eʼlon qilindi

Qurbon hayiti namozining öqiliş vaqtlari eʼlon qilindi

Özbekistondagi jome masjidlarda 2025 yil 6 iyun, juma kuni Qurbon hayiti namozi öqiladi. Özbekiston musulmonlari idorasi Qurbon hayiti namozining öqiliş vaqtlarini eʼlon qildi.

Unga köra, Toşkent şahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi öqiladi.

Respublikaning boşqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:

  • Andijon 05:00
  • Namangan 05:00
  • Farğona 05:00
  • Toşkent şahri 05:10
  • Toşkent viloyati 05:10
  • Sirdaryo 05:20
  • Jizzax 05:20
  • Samarqand 05:20
  • Surxondaryo 05:25
  • Qaşqadaryo 05:25
  • Navoiy 05:30
  • Buxoro 05:30
  • Xorazm 05:45
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi 05:50

Uşbu jadvalda körsatilgan vaqtlar quyoş çiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.

Teglar:
×