Joriy yil 8 iyul kuni, "NAMANGANLIKLAR.UZ" telegramm kanalida "Kosonsoy tumanida ğaroyib temir jism topildi, u bomba bölişi mumkinligi aytilmoqda" nomli foto şarh yuzasidan Namangan viloyati IIB uşbu holatga rasmiy munosabat bildirdi.
2021 yil 07 iyul kuni Namangan viloyati Davlatobod tumani “Yuksaliş” mahalla fuqarolar yiğini Kuşon saʼnoat hududidan 4 ta butun va 2 ta yarimta yemirilgan “aviatsion” bombalar topilgan, uşbu bombalar artleriya snaryadi karoziyaga uçrab yemirilgan.
Yuqorida topilgan bombalarni Zararsizlantiriş maqsadida Pop tumani Ğurimsaroy 07648-xarbiy qism maxsus öq otiş paligoniga olib borilib yöq qiliş işlari olib borilmoqda. Bu hududda kunlik navbatçilik taşkil etilib Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Qidiruv-qutqaruv otryadi, Içki işlar boşqarmasi, Mudofaa vazirligi va ÖzResIIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi Namangan viloyati maxsus otryadlari jalb etilgan, xozirda uşbu hududda qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda.









