Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va şaffoflikni taʼminlaş, yerga bölgan huquqlarni işonçli himoya qiliş va ularni bozor aktiviga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2021 yil 8 iyundagi PF–6243-son Farmoni mazmun-mohiyati hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor şaxslarining qarorlarini haqiqiy emas va harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topiş haqidagi işlar yuzasidan sud amaliyoti yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qiliş, qonun ustivorligini taʼminlaş va sud amaliyotida yuzaga kelayotgan xato va kamçiliklarni bartaraf etiş hamda taşkilotlar va sud organlari örtasida özaro tajriba almaşişdan iboratdir.

Şu munosabat Namangan viloyat,tumanlararo maʼmuriy sudi sudyalari, sud apparati xodimlari, Namangan viloyat, tuman (şahar) hokimligi huquqşunoslari, viloyat adliya boşqarmasi xodimlari va ommaviy axborot vositalarining vakillari iştirokida “Yer munosabatlarida tenglik va şaffoflikni taʼminlaş, yerga bölgan huquqlarni işonçli himoya qiliş” mavzusida seminar ötkazildi.
Seminarda viloyat sudining sudyasi D.Tojiboyev maʼruza qilib Farmonning maqsadi - yer uçastkalarini ajratişning barça uçun teng, şaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etiş, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlaş, yerlarni muhofaza qiliş, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlaş, şuningdek yerning iqtisodiy qiymatini belgilaş orqali uni fuqarolik huquqiy muomalasining obʼekti sifatida erkin muomalaga kiritişdan iborat ekanligini taʼkidladi.

Farmonga asosan 2021 yil 1 avgustdan yer uçastkalari xususiy sektorga – mulk va ijara huquqi asosida ajratiladi, yer uçastkalari davlat taşkilotlariga doimiy foydalaniş huquqi asosida ajratiladi, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtinça foydalaniş huquqi bilan yer ajratiş tartibi bekor qilinişi tuşuntirilib, bunda ilgari ajratilgan yer uçastlariga bölgan huquqlar saqlanib qolşiga alohida urğu berildi.
Bundan taşqari seminarda yer töğrisidagi qonun buzilişi holatlarini barvaqt aniqlaş va ularning oldini olişga qaratilgan faoliyatni muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi va joylarda hududiy kengaşlar taşkil etililişi belgilanganligi tuşuntirildi.
Seminarda 2021 yil 1 avgustdan hokimliklarning yerga oid, yerni töğridan-töğri ajratiş, foydalanişga beriş, zaxiralaş, biriktiriş, obodonlaştiriş uçun beriş yoki yerlarni boşqaça yöl bilan tasarruf qiliş, tuman va şahar hokimliklari tomonidan yerga bölgan huquqlarni belgilaş, eʼtirof etiş, özgartiriş, bekor qiliş, suğoriladigan yerlarni suğorilmaydigan yerlar toifasiga yoki boşqa yer toifasiga, suğorilmaydigan qişloq xöjaligi yerlarini boşqa yer toifasiga ötkaziş, jamoa boğdorçiligi, uzumçiligi va polizçiligi hamda yordamçi qişloq xöjaligini yuritiş uçun yer beriş, xususiylaştiriladigan yerga nisbatan investitsiya majburiyatlari yoki xususiy mulkni erkin tasarruf etişni çeklaydigan boşqa majburiyatlari tugatilişi tuşuntirilib, bundan yerga olmoqçi bölganlar auktsion orqali olişlari tuşuntirildi.
Seminar söngida yiğilganlar özlarining amaliyotlarida vujudda kelayotgan muommolar yuzasidan svollariga javob olişdi.
Ozodbek Ziyavitdinov Namangan viloyat maʼmuriy sudi sudyasi Ravşan Xoşimxojayev Sudya katta yordamçisi









