Özbekiston Prezidenti 24 iyun kuni «2021/2022-öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari töğrisida»gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi ÖzA.
Hujjatga köra, 2021/2022-öquv yili qabulidan boşlab davlat granti asosida kadrlarni tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasi Özbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim taşkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari uçun ham şakllantiriladi.
2021/2022-öquv yili uçun davlat buyurtmasi parametrlari:
a) bakalavrlar tayyorlaş böyiça:
- kunduzgi taʼlim şakliga — 113 530 nafar (ötgan yili — 103 575);
- sirtqi taʼlim şakliga — 37 675 nafar (31 350);
- keçki taʼlim şakliga — 6 550 nafar (5 025);
b) magistrlar tayyorlaş böyiça — 12 900 nafar (10 425);
v) filiallar va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlaş böyiça — 500 nafar etib tasdiqlandi.
Filiallar va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlarida davlat granti asosida kadrlarni tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasi vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining oliy maʼlumotli kadrlarga bölgan ehtiyojidan kelib çiqib şakllantiriladi.
Filiallar va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlariga kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplagan va öqişni tamomlagandan söng kadrlar buyurtmaçisi tizimida 5 yildan kam bölmagan muddat davomida işlab beriş istagini bildirgan abituriyentlar bilan uç tomonlama (kadrlar buyurtmaçisi—talaba—oliy taʼlim taşkiloti) şartnoma tuziladi.
Filiallar va nodavlat oliy taʼlim taşkilotiga kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplagan abituriyentlar kadrlar buyurtmaçisi bilan şartnoma imzolaş istagini bildirmagan taqdirda, şartnoma tuziş huquqi kiriş imtihonlarida töplagan ballar ketma-ketligiga mos ravişda keyingi örindagi abituriyentga beriladi.
Davlat buyurtmasi asosida öqişga qabul qilingan talabalarning öqitiş xarajatlari kadrlar buyurtmaçilari tomonidan Davlat byudjeti parametrlarida mazkur maqsadlar uçun nazarda tutilgan mablağlar hisobidan qoplanadi.
Abituriyentlarni röyxatdan ötkaziş 2021 yilning 22 iyunidan 22 iyuliga qadar (22 iyul kuni ham) bölgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oşiriladi.
Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş vazirligining tavsiyanomasiga ega bölgan xotin-qizlar uçun bakalavriatning kunduzgi taʼlim şakli böyiça umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlariga nisbatan qöşimça 2 000 ta davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari ajratiladi.
Samarqand viloyati Urgut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş hamda taʼlim tizimida kadrlar qönimsizligini kamaytiriş maqsadida bakalavriatning kunduzgi taʼlim şaklida pedagogika yönalişlari böyiça umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlariga nisbatan mazkur tuman uçun qöşimça 100 ta davlat granti asosidagi maqsadli qabul körsatkiçlari ajratiladi.
Abituriyentlarga test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bölgan beştagaça bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça tanlovda iştirok etiş huquqi beriladi.
Abituriyentlarga röyxatdan ötiş jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yönalişlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinçalik tölov-kontrakt asosida tanlovda iştirok etiş böyiça qöşimça imkoniyat beriladi.
2021/2022-öquv yili qabulida:
- davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga öqişga qabul qiliş ikki bosqiçda amalga oşiriladi. Bunda, birinçi bosqiçda davlat oliy taʼlim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar böyiça kiriş imtihonlari, ikkinçi bosqiçda Davlat test markazi tomonidan çet tili böyiça test sinovlari ötkaziladi;
- magistratura (klinik ordinatura)ga öqişga qabul qilişda çet tili böyiça tegişli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinçi bosqiçda çet tilidan test sinovini topşirişdan ozod qilinadi va ularga mazkur fan böyiça maksimal ball beriladi;
- magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisligiga mos fanlar böyiça imtihonlar natijalari imtihon ötkazilganidan keyin uç kun muddatda davlat oliy taʼlim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almaşinuv tizimi orqali Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi;
- abituriyentning çet tili böyiça test sinovidan töplagan ballari töğrisida maʼlumot test sinovlari ötkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura (klinik ordinatura) qabuli böyiça tanlov natijalari test sinovlari töliq yakunlangandan söng bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Şuningdek, 2021/2022-öquv yili qabulidan boşlab:
- abituriyentdan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yönalişlariga öqişga qabul qilişda kasbiy (ijodiy) imtihonlardan söng majburiy uçta — ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Özbekiston tarixi fanlari böyiça Davlat test markazi tomonidan test sinovlari ötkaziladi;
- qonunçilik hujjatlariga muvofiq oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida öqişga kiriş böyiça imtiyozga ega bölgan şaxslar umumiy qabul parametrlaridan taşqari qöşimça davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi;
- xorijiy fuqarolarni davlat oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş belgilangan tartibda ötkaziladigan suhbat natijalariga köra oliy taʼlim muassasasi rektorining buyruği asosida amalga oşiriladi;
- magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga qöşimça qabul parametrlari asosida öqişga qabul qilingan abituriyentlarning tölov-kontrakt summasi bir talabaga töğri keladigan real xarajatlardan kelib çiqib, oliy taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Qarorda 2022/2023-öquv yili qabulidan boşlab, davlat oliy taʼlim muassasalariga, ular minimal talablarga javob bergan taqdirda, yangi bakalavriat taʼlim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça taʼlim faoliyatini amalga oşirişga ruxsat etiladi.









