Özbekistonda tez orada sabzining narxi normal holatga kelişi kutilmoqda. Sababi, erta bahordagi sovuq ob-havo tufayli töliq yetilişi deyarli bir oyga keçikkan “ertaki sabzi” hosilining yiğim-terim işlari boşlandi. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi maʼlum qildi.
“Ommaviy terim işlari iyul oyining dastlabki kunlariga belgilangan. Bu bozorni yangi sabzi bilan töliq taʼminlanişiga va uşbu sabzavot narxining tuşişiga olib keladi”, deyiladi xabarda.
2021 yilda barça toifadagi xöjaliklar tomonidan umumiy hisobda 124,4 ming gektar maydonda (ötgan yildagiga nisbatan 18,2 ming ga köproq) sabzi ekiş rejalaştirilgan, hammasi bölib 2,3 mln tonna sabzi hosili oliş möljallangan.
Qayd etilişiça, mamlakat aholisining sabziga bölgan bir yillik ehtiyoji 800 ming tonnani taşkil etadi. Yetiştirilgan sabzi hosilining qolgan hajmi eksport va qayta işlaşga yönaltiriladi. Aholining isteʼmol savatidagi sabzining uluşi 0,4 foizni taşkil etadi. Qiş-bahor mavsumida aholi isteʼmolini taʼminlaş maqsadida 400 ming tonnadan ziyod sabzi zaxira qilinadi. Mamlakatimizda sabzini qayta işlovçi 250-300 ming tonna quvvatga ega 55 ta korxona faoliyat yuritadi. Ular tomonidan sabzi asosan quritilgan, şok holda muzlatiş şaklida qayta işlanadi. Qayta işlaşga xomaşyo sifatida sabzining asosan keçki navlari olinadi. Ötgan yili 110 ming tonna keçki sabzi qayta işlangani maʼlum qilingan.
Maʼlumot örnida, sabzi odatda yiliga 4 marotaba ekiladi. Noyabr-dekabr oylarida “töqsonbosti” usulida ekiladi (hosil odatda mart-aprel oylarida töliq yetiladi). Töqsonbosti usulida ekilgan ekinlarning uruğlari qişki yoğingarçiliklar natijasida tuproqdagi namlikka töyinib, erta bahorda havo harorati 4-5 daraja bölgandayoq begona ötlar uruğlaridan oldin unib çiqadi. 2021 yilda ertaki hosil oliş uçun 2020 yil keç kuzda “töqsonbosti” usulida 30,3 ming gektar (yoki ötgan yilga nisbatan 5,8 ming gektar köp) sabzi ekilgan. Uşbu usulda ekilgan sabzavot aprel-may oylarida bozorni yetarli darajada sabzi bilan taʼminlab turdi va u örtaça hisobda 2000-2500 sömdan sotildi, deyiladi xabarda.









