Şavkat Mirziyoyev raisligida qişloq xöjaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantiriş orqali aholi bandligini taʼminlaş hamda çorva, parranda va baliq mahsulotlarini köpaytiriş böyiça vazifalar ijrosiga bağişlagan videoselektor bölib ötmoqda.
«6 oy avval yoşlarga yer ajratiş böyiça topşiriq bergandim. Yerni adolatli taqsim qiliş, yoşlarni iş bilan taʼminlaş böyiça bu tajriba böldi. Agar har bir hudud rahbari tizimni tuşunib işlay olsa, işsizlar keskin kamayadi.
Boş vazir örinbosarlariga talab qattiq böladi. Mana köryapsizlar, Samarqandda, Farğonada «yer sotuvçilar» paydo böldi. Pora bilan qölga tuşyapti. Böldi, u zamon tugadi. Endi yer faqat auktsionda sotiladi yoki ijaraga beriladi. Kimga yer kerak bölsa, davlat auktsionida qatnaşsin, haloli bölsin, yerni sotib olsin», — dedi Prezident.
Davlat rahbari Surxondaryoda boşlanayotgan tajriba asosida, işsiz aholiga qişloq xöjaligi yerlarini 10 yil muddatga dehqonçilik bilan şuğullaniş uçun ijaraga beriş tartibi joriy qilinişi, 2021 yildan boşlab qariyb 100 ming gektar ğalladan böşagan yer maydonlari işsiz aholiga dehqon xöjaligi taşkil etiş uçun berilişini maʼlum qildi:
«Bu tarixiy imkoniyat böladi. Yerni haqiqiy egasi — xalqqa beramiz. Işsizlar, kam taʼminlanganlarni agar hayotdan umidi bölib, işlayman, munosib turmuşda yaşayman, desa ularga imkoniyat yaratib beramiz, ijaraga yer beriladi, ular şundan öz oilasini boqadi», — dedi Prezident.









