Çorvoqda ommaviy muştlaşuv yuz berganiga oid xabarga oydinlik kiritildi

Çorvoqda ommaviy muştlaşuv yuz berganiga oid xabarga oydinlik kiritildi

6 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Çorvoqda fuqarolar örtasida janjal, ommaviy muştlaşuv» kabi izohlar bilan video xabar tarqatildi. Uşbu holat yuzasidan Toşkent viloyati IIBB suriştiruv ötkazgan.

Mazkur hodisa tasvirga tuşirilgan joy Böstonliq tumani «Novobod» MFY hududidagi «Piramida -Çorboğ oromgohi» sohili bölib, sohilda dam oliş 2021 yil 3 iyun kunidan rasmiy oçilgan. Şu vaqt oraliğida bu kabi hodisa röy bermagan va IIBga heç qanday murojaat kelib tuşmagan.

Aniqlanişiça, tasvirga olingan holat 2018-2019 yil oraliğida sodir bölgan bölişi mumkin. Bunga sabab hozirda uşbu sohilning suvi va körinişi hamda uning atrofidagi muhit va boşqa jarayonlar özgarganligi misol (suratda).

Hozirda mazkur holatning kelib çiqiş sababi va holat iştirokçilarini aniqlaş yuzasidan Böstonliq tumani IIB tomonidan tezkor suriştiruv işlari olib borilmoqda.

×