Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan sayyor qabul taşkil etildi

Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan sayyor qabul taşkil etildi

Prokuratura organlari tomonidan sayyor qabullar taşkil etiş orqali aholi bilan bevosita muloqot qiliş borasidagi amaliy tadbirlar muntazam ravişda ötkazib kelinmoqda.

Namangan viloyat prokurori Jahongir Jörayeviç Xatamov tomonidan bugun Uçqörğon tumani aholisi bilan ötkazilgan navbatdagi sayyor qabuli ham bu boradagi tadbirlarning amaliy davomi böldi.

Qabulda davomida 10 nafar fuqarolar tomonidan kredit ajratiş, işga joylaştiriş, issiqxona quriş, aliment undiriş, haydovçilik guvohnomasini oliş kabi jami 12 ta masalalar böyiça murojaatlar kelib tuşdi va ularning 2 tasi joyida hal etilib, 10 tasi böyiça tegişli idoralarga muddatlar belgilanib, tegişli topşiriqlar berildi.

Misol uçun, “Eşontupi” MFYda yaşovçi fuqaro M.Xoldorova öz soğligini tiklaş uçun sihatgohga yöllanma oliş masalasida qilgan murojaati ijobiy hal etib berildi.

Yoki, “Elatan” MFYda yaşovçi fuqaro G.Toştemirovaning nogironlik aravaçasi ajratiş haqidagi murojaati öz yeçimini topdi.

Murojaatlarni töliq va belgilangan muddatlarda körib çiqilişi nazoratga olindi.

Sayyor qabuldan söng J.J.Xatamov Dehqonobod mahallasida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”da röyhatda turuvçi xotin-qizlarni bandligini taʼminlaş maqsadida taşkil etilgan “Ustoz-şogird” yönalişidagi tikuvçilik öquv markazida böldi.

Şuningdek, “Obod qişloq” dasturi doirasida Böston mahalasida olib borilayotgan işlar bilan tanişib, tegişli körsatmalar berildi.

×