Namangan viloyati prokurori aholi bilan qabul ötkazdi

Namangan viloyati prokurori aholi bilan qabul ötkazdi

Namangan viloyat prokurori Jaxongir Jurayeviç Xatamovning karantin talablariga rioya qilgan holda aholi bilan şaxsiy qabullari ötkazib kelinmoqda.

Bugun, 30-iyul kuni Namangan tumanida ötkazilgan qabulda işga joylaştiriş, iş haqi, aliment undiriş, uy-joy, kredit, moddiy yordam ajratiş boşqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan jami 29 nafar fuqarolarning murojaatlari kelib tuşdi.

Murojaatlarning 23 tasi ijobiy hal etildi, 1 tasiga huquqiy tuşuntirişlar berildi, 5 ta murojaatlar örganiş uçun vaqt talab qilinganligi bois, viloyat prokurori tomonidan ijrosi nazoratga olindi.

Murojaatlarni körib çiqişda uzoq vaqtdan buyon yeçimini topmayotgan muammolarni hal etişga, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlarini amalda tiklanişiga alohida eʼtibor qaratilmokda.

Bundan taşqari, viloyat prokurori J.J.Xatamov tomonidan tumandagi umumtaʼlim maktablarida yangi öquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanişilib, mutasaddilarga tegişli körsatma va tavsiyalar berildi.

×