14 dekabrda quyoşning töliq tutilişi yuz beradi. Bunda Yer, Oy va Quyoş bir çiziqqa turadi va Oy Quyoşni töliq tösib qöyadi hamda uning atrofida “quyoş toji”ni köriş mumkin böladi.
Oy Quyoşni Toşkent vaqti bilan 19:32dan boşlab Tinç okeanining markaziy qismi ustida tösa boşlaydi. Quyoş tutilişining maksimal fazasini soat 21:13da kuzatiş mumkin böladi va u 2 daqiqadan köproq davom etadi.
Töliq tutilişda olovli halqani eslatuvçi “quyoş toji”ni, Quyoş yaqinida joylaşgan yulduzlar va sayyoralarni köriş mumkin böladi. Astronomlarning maʼlumotlariga köra, quyoşning töliq tutilişini Çili va Argentina aholisi yaqqol kuzatadi, Janubiy Amerika, Polineziya, Antarktida va Afrikada esa uning qisman tutilişini köriş mumkin.
Dunyoning qolgan aholisi esa uşbu astronomik hodisani internet orqali onlayn tarzda kuzatişlari mumkin böladi.
Keyingi quyoş tutilişi 2021 yilning 10 iyunida yuz beradi va u uzuksimon körinişda böladi.
Oy va quyoş tutilişi har yarim yilda 2 haftalik farq bilan kuzatiladi. Bunda Quyoş, Oy va Yer osmonda bir çiziqqa turadi. Agar Quyoş va Yer orasida Oy tursa, quyoş tutilişi, Quyoş va Oy orasida Yer tursa, oy tutilişi kuzatiladi.
manba: Aniq.uz









