17 oktyabr kuni Boş vazir örinbosari Behzod Musayev rahbarligida oliy taʼlim muassasalarida öquv jarayonlarni taşkil etiş masalalari muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu haqda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.
Yiğilişda Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri örinbosari Uzoqboy Begimqulov bugungi kunda OTMlarda masofaviy taʼlimning olib borilişi monitoringi natijalari töğrisida, mavjud muammolar va ularning yeçimlari borasida vazirlik tomonidan körilayotgan çoralar haqida maʼlumot berib ötdi.
Muhokamalarda oliy taʼlim muassasalarida anʼanaviy taʼlimga qaytiş imkoniyatlari masalasi ham körib çiqildi hamda OTM rektorlariga bu böyiça qator vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, oliy taʼlim tizimida anʼanaviy darslarga qaytişda, avvalo, talabalar va ularning ota-onalari örtasida sörovnomalar ötkaziladi. Şuningdek, OTM tomonidan muassasa imkoniyatlari tahlil qilinadi, sanitariya-epidemiologiya talablari asosida öquv jarayonlarini taşkil etiş, talabalar salomatligini xavf ostiga qöymasdan talabalar turar joylari faoliyatini tiklaş imkoniyatlari körib çiqiladi.
Bu borada yakuniy qaror oliy taʼlim muassasalari kengaşi tomonidan talabalar, ularning ota-onalari takliflarini inobatga olgan holda sanitariya-epidemiologiya xizmati tegişli xulosasi asosida qabul qilinadi.
Sörovnomalar natijalariga köra hamda OTM imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda respublikadagi oliy taʼlim muassasalarida anʼanaviy taʼlim şakliga ruxsat etiladi.









