Özbekistonda Pokistondan kelgan tilançilar köpaygani maʼlum qilindi

Özbekistonda Pokistondan kelgan tilançilar köpaygani maʼlum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent aholisi poytaxt köçalarida Pokistondan kelgan tilançilar köpayganini maʼlum qilmoqda. Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhi aʼzolari Darhondagi sobiq «Rossiya» mehmonxonasi, «Çorsu» va «Gospitalniy» bozorlarida tilançilar köpayganini yozmoqda.

Taʼkidlanişiça, pokistonliklar yakka va oila-oila bölib yurmoqda. Ingliz va özbek tilida sözlaşib, «50 ming söm ber» jumlasini yodlab olgan. Hammasi bir xil 50 ming söm sörayapti, agar kimdir bersa, 100 ming söm söraşga ötgan. 20 ming söm berilganida esa xömrayib olmoqda.

Ayrim tilançilar köçalarda yurgan bölsa, ayrimlari ofis va dökonlarga kirmoqda. Baʼzi poytaxt aholisi ular bilan ingliz va hatto urdu tilida suhbat qurgan. Ularni Pokiston elçixonasigaça olib borib qöyiş borasidagi yordamni ular mutlaqo rad etgan. Aytişlariça, samolyot orqali parvoz qiliş qimmat, şu sababli Termizgaça ketiş uçun pul töplamoqda. U yerdan Afğoniston orqali Pokistonga yetib olişmoqçi.

«Barça ulardan bu yerga qanday qilib kelib qolganliklarini söramoqda. Kimdir ularni Toşkentga olib kelib, taşlab ketdimi? Tilançilarning sözlariga köra, ular Toşkentga pul işlaş maqsadida turistik viza orqali kelgan, heç kim olib kelmagan. Ehson qilgan köplab insonlarning aytişiça, pokistonliklar hozirga qadar Parijga yetib oladigan pulni yiğib bölgan», — deyiladi xabarda.

×