Içimlik suvi quvurlarning 35 foizi eskirgan, bu suv yöqotilişiga sabab bölmoqda. Bu haqda AOKAdagi brifingda «Özsuvtaʼminot» AJ boşqaruvi raisi Sohib Saifnazarov maʼlum qildi.
«Loyiha oldi örganişlar va gidrogeologiya izlanişlarini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişimiz kerak. Yangi loyihalar endi nafaqat viloyat kesimida, balki tuman va mahallalar kesimida tanlanadi. Bu loyihalar aholi, deputatlar bilan körib çiqiladi.
Hozirda juda köp uy-joy mavzelari qurilmoqda. Lekin ularning qançalik suv bilan taʼminlangani — jiddiy masala. Bu borada Quriliş vazirligi bilan birgalikda işlaymiz, natijada samarasiz investitsiyalarga yöl qöymaymiz.
Sohada tenderlarni ötkaziş, pudrat taşkilotlarini tanlaş jarayonlari şu yildan boşlab faqat onlayn ötkaziladi, inson omili töliq çiqariladi.
Eng katta muammolardan biri — suvning yöqotilişi. Quvurlarning 35 foizi eskirgan, ularni almaştiriş kerak. Bu borada belgilangan vazifalar albatta bajariladi. Suv inşootlarida ham yangi, eneregiyatejamkor uskunalar örnatiladi», — dedi «Özsuvtaʼminot» raisi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida içimlik suvi uçun tariflar oşayotgani xabar berilgandi.









