Respublika böyiça 163 maktab (1,6%) hozirda masofaviy taʼlim şakiliga ötkazilgan
AOKAda bölib ötgan brifingda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova maktablarning karantinga olinişi jarayonlari va sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan maʼlumot berdi.
Maktablarda öqituvçi va öquvçilar orasida koronavirus infektsiyasini yuqtiriş holatlari aniqlangan taqdirda, Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlari tuman (şahar) xalq taʼlimi bölimi va tuman (şahar) hokimligiga taklif kiritib, Halq deputatlari tuman (şahar) Kengaşlari yoki hududiy komissiya qarorlari bilan ayrim maktablarning faoliyati vaqtinça töxtatilib, 2 haftaga karantinga olinmoqda. Uşbu vaqt mobaynida mazkur maktablar onlayn tartibida faoliyat yuritadi.
Bugungi kun (22 aprel holatiga köra), Respublika böyiça jami 10008 ta maktabdan 163 tasi (1,6%) maktablar masofaviy taʼlim şakliga ötkazilgan. Bu rakamlar Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlarining talabnomalaridan kelib çiqib, özgarib boradi.
2020-2021 öquv yili uçun “Onlayn maktab” ruknida jami 17 298 ta televizion dars özbek, rus va qoraqalpoq tillarida tasvirga olingan va ulardan
15 362 tasi efirga uzatilgan.
“Onlayn maktab” ruknidagi televizion darslar joriy yilning 25 mayiga qadar belgilangan telekanallarda efirga berib boriladi. Şuningdek, uzeduonlinemaktab telegram kanali orqali öquvçilar darslarni qayta körib çiqiş imkoniyatlari ham mavjud.









