Namanganda katta özgarişlar böldi

Namanganda katta özgarişlar böldi

Namangan viloyati markazidan 76 kilometr uzoqlikda, qöşni Qirğiziston Respublikasi bilan çegaradoş yerda joylaşgan “Jar” qişloğida yaşovçi 3 ming 800 ga yaqin aholi şu kunga qadar ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, uy-joy, kommunal xizmat körsatiş jabhalaridagi muammo va kamçiliklardan aziyat çekib kelayotgan edi. Mamlakatimizning olis va çekka manzillaridagi ana şunday qişloq hamda ovullarda yiğilib qolgan muammolarni hal etiş, odamlarga munosib hayot sifati, turmuş şaroitini yaratib beriş borasida Prezident topşiriqlari asosida olib borilayotgan keng qamrovli amaliy işlar Kosonsoy tumanidagi “Jar” mahalla fuqarolar yiğinida ham özining ijobiy natijalarini körsata boşladi.

EFFECT.UZ

Bu borada bajarilayotgan işlar mantiqiy ketma-ketlikda, puxta reja va loyihalar asosida amalga oşirilyapti. Mahalla va qişloqlar obodligi, avvalambor, xonadonlar, köçalar, obodligidan boşlanadi.

Şu boisdan ham birinçi navbatda qişloqdagi mavjud 800 ga yaqin uylarning içki va taşqi körinişini zamonaviy qiyofaga keltiriş, pardozlaş, ular hududida tozalaş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini bajariş, tomorqalarga töliq ekin ekişni taʼminlaşga eʼtibor qaratilmoqda.

EFFECT.UZ

Yaʼni, odamlarimizda “Şu uy, şu köça, şu mahalla meniki, uning obodligi uçun men masʼulman”, degan qaraş şakllantirilmoqdaki, bu ezgu taşabbus qisqa vaqt içida özining salmoqli natijasini namoyon etdi.

Qişloqning “Tinçlik”, “Bodom”, “Istiqlol”, “Jiyda” köçalaridagi xonadonlarga toza içimlik suvi tarmoği tortilib, markaziy tarmoqqa ulaşga şay qilib qöyildi.

Yaqin vaqt içida şu kunga qadar suvni uzoqdan taşib içgan odamlar yil davomida obi-hayot bilan uzluksiz taʼminlanadi. Hozirga kunga qadar deyarli barça köçalarda toş-şağal yotqiziş işlari bajarilib, şağal qatlamni ziçlaş, tekislaş yumuşlari olib borilayotir.

EFFECT.UZ

Eskirgan simyoğoçlar örniga yangi tayanç ustunlar, transformator örnatiş,  sim tortiş, tungi yoritiş çiroqlarini montaj qiliş işlari olib borilyapti.

Mahallaning adir böylab yuqoriga yönalgan “Tinçlik” köçasining ikki tomonida turli yillarda yakka tartibda uy-joy barpo etiş ajratilgan hududi taşlandiq holga tuşib, çiqindixonaga aylanib qolgan edi. Sababi içimlik va suğoriş uçun suv yöqligi, elektr tarmoqlari tortilmagani tufayli reja böyiça qurilişi kerak bölgan 285 ta uydan bor-yöği 54 tasi bunyod etilib, köçib kirilgandi.

Ularning turmuş şaroitiga ham havas qilib bölmasdi. Endilikda bu yerda loyihalar asosida suv va elektr tarmoqlari tortilib, yöl solinayotgani tufayli fuqarolar ham öziga tegişli yer uçastkalarida quriliş işlarini jadallaştirib yuborgan.

EFFECT.UZ

Ijtimoiy soha obʼektlariga keladigan bölsak, qariyb 900 nafar qişloq bolalari taʼlim-tarbiya olayotgan 54-maktab yangitdan bunyod etilganidan keyin dars jarayonlarini sifatli taşkil imkoniyatlari kengaydi.

Hududning ösiş nuqtalarini töğri belgilab oliş, tadbirkorlikni rivojlantiriş iqtisodiyot sohasidagi körsatkiçlariga ijobiy taʼsir körsatişi barobarida manzillar obodligi, ötkir ijtimoiy muammolar yeçimida muhim öringa ega. Mahallada faoliyat körsatayotgan tikuvçilik korxonasida tayyorlanayotgan soçiq mahsulotlari bugungi kunda nafaqat içki bozor, balki  xorijiy davlatlarga ham çiqarilmoqda.

EFFECT.UZ

Ahamiyatlisi, bu yerda Xalq qabulxonalariga iş sörab murojaat qilgan fuqarolar, “Temir daftar”, “Yoşlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan köplab yurtdoşlarimiz ham mehnat qilib, doimiy daromadga ega bölmoqda.

Tadbirkorlikka qöl urgan Abduqahhor Karimov boşlagan iş ham aholining tadbirkorlik taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasidagi yangiça  yondaşuv natijasi deyiş mumkin.

U Xalq qabulxonasi va 1-sektor kömagida adirlikdagi suvsiz 1,5 gektar yerni özlaştirib, issiqxona barpo etdi. Dastlabki ekin sifatida tomçilatib suğoriş texnologiyasi asosida pomidor yetiştirmoqda. Eng muhimi, şu hududda yaşovçi 7 nafar xotin-qiz mana şu issiqxonda iş bilan band bölib, rözğoriga baraka kirityapti.

EFFECT.UZ

Uç nafar nafar voyaga yetmagan farzandlarini yolğiz özi tarbiyalab, östirayotgan Jamila Rustamova ana şu ayollardan biri. Bundan bir yarim-ikki oy ilgari ham körimsiz kulbada yaşab kelgan bu oilaning turmuş şaroiti butkul özgardi. Tuman hokimligining amaliy kömagi bilan şinam boşpanaga ega böldi. Issiqxonadagi işidan taşqari, öziga yaqin maktabga ham işga joylandi.

Yana bir tadbirkor Abbosxon Bahodirovning murojaati asosida böş turgan ikki qavatli bino foydalaniş maqsadida unga ajratib berilgaç, obʼekt taʼmirlanib, penoblok işlab çiqariş dastgohi örnatildi. Hozir bu yerda mahallada yaşovçi 4 nafar kişi doimiy iş bilan taʼminlandi.

Şular qatorida qişloqda umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, sartaroşxona, hammom singari aholiga xizmat körsatuvçi obʼektlar qurilişi olib borilmoqda.

EFFECT.UZ

Bunday işlarni tumanning boşqa mahallalarida ham kuzatiş mumkin. Masalan, “Özbekiston” MFYda şinam mahalla guzari, xorijiy tillarni örgatiş markazi, kasb-hunarga örgatiş, monomarkaz iş boşlagan bölsa, 140 örinli maktabgaça taʼlim muassasasi foydalanişga topşiriliş arafasida.

Inson manfaatlarini amalda taʼminlaş, aholi maskanlari meʼmoriy qiyofasini yangilaş borasidagi katta qamrovdagi saʼy-harakatlar Yangiqörğon tumani aholisi hayotiga ham yengillik olib kirib, odamlar roziligiga sabab bölmoqda.

Bunga tumanning çekka, toğlar bağrida joylaşgan qişloqlarida bölganingizda ham guvoh bölişingiz mumkin. Tuman markazidan 36 kilometr, Namangan şahridan 70 kilometr masofada joylaşgan “Mamay” va “Olmazor” mahalla fuqarolar yiğinlarida 4 ming 400 dan ortiq aholi 930 xonadonda istiqomat qiladi.

EFFECT.UZ

Dengiz sathidan 1 ming 200 metr balandlikda joylaşgan bu qişloqlar özining sölim tabiati, toza havosi, tanti va oçiqköngil odamlari bilan maşhur. Havo harorati pastlikda joylaşgan hududlarnikidan ança-munça farq qiladi. Namangan yoki Yangiqörğonda daraxtlar qiyğos gulga kirgan pallada toğ qişloqlarida hali uyğonmagan böladi. Ammo odamlar yil-ön ikki oy harakatda, hamişa yumuş bilan band.

Şu kunlarda ham aholi bir yoqadan boş çiqarib, quriliş-bunyodkorlik, obodonlaştiriş işlariga hissa qöşmoqda. Köçalarni, uylar taşqi devorlarni tartibga keltiriş, pardozlaş, yöllarni tekislab, şağal töşaş yumuşlariga kirişilgan. Odamlarni uzoq yillardan buyon qiynab kelgan içimlik suvi, elektr  energiyasi bilan boğliq muammolarni hal etiş yuzasidan zarur çora-tadbirlar belgilab olingan.

EFFECT.UZ

Hozirga qadar muddatini ötab bölgan eski simyoğoçlar örnida 115 ta temir-beton tayançlar, 3 ta yangi taqsimlaş punkti örnatilib, tarmoqlar tortildi. Qişloqdagi elektr tarmoqlarining töliq modernizatsiya qilinişi natijasida xonadonlar, muassasa va tadbirkorlar yoruğlik bilan uzluksiz taʼminlanişiga erişiladi.

Hududdagi qariyb 28 kilometr içki yöllarda asfaltlaş, şağallaştiriş işlari bajariladi, 8,4 kilometr piyodalar yölakçasi barpo etiladi.

Hududdagi 11 ta köçada 16,8 kilometr uzunlikda içimlik suvi tarmoqlari tortiladi va 3 ta suv uzatiş inşooti rekonstruktsiya qilinadi. Aholi va infratuzilma obʼektlarini yuqori tezlikdagi internet tarmoği bilan taʼminlaş uçun 20 kilometr şişa tolali magistral tarmoq ötkaziladi.

EFFECT.UZ

Mahallalar hududidagi maktab öquv binosi hamda sport zalini, maktabgaça taʼlim taşkiloti, qişloq oilaviy poliklinikasi binolarini  mukammal  taʼmirlaş, avtobekat faoliyatini yölga qöyib, markaz bilan boğlovçi avtobus qatnovini yölga qöyiş, davlat-xususiy şerikçilik asosida mahalla fuqarolar yiğini binosini quriş, tikuvçilik tsexi, umumiy ovqatlaniş şoxobçasi, savdo dökoni, sartaroşxonani öz içiga qamrab oladigan zamonaviy mahalla guzari barpo etiş, mini futbol maydonçasi taşkil etiş kabi köpdan-köp loyihalarning röyobga çiqarilişi qişloqlar qiyofasiga körk bağişlab, odamlar oğirini yengil qiladi, ularni iş bilan taʼminlaşda qöşimça imkoniyat böladi albatta.

Aholi bandligi haqida söz oçilgan ekan, toğ qişloği şaroitida oilaviy tadbirkorlik orqali farovon hayot keçirayotgan Tölaboyevlar oilasi töğrisida ikki oğiz töxtalib ötiş örinli böladi. Gulnoza Ajiboyeva qöşni Qirğiziston Respublikasidan  şu  mahallaga  kelin  bölib tuşganiga  27  yil böldi. Turmuş   örtoği Ahadjon Tölaboyev bilan tört nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazmoqda. Farzandlarning ikkitasi oliygoh talabasi.

EFFECT.UZ

Ellik sotixlik qora olxörizor, önlab yilqi, qöy-qözi qarovi asosan oila boşliği zimmasida. Biz xonadonda mehmon bölgan kunimiz ham yumuş bilan adirga çiqib ketgan ekan. Uy bekasi Gulnoza opa ham sira böş ötirmaydi. Uyda ötirgan qöşni  ayollarni yoniga olib, kasanaçilik asosida körpa-töşak, yostiq tayyorlaşni yölga qöygan.

Işning sifati yaxşi bölsa kerakki, buyurtmaning keti uzilmaydi. Daromadga yaraşa buromad deganlaridek, xonadonda yaratilgan şaroit hatto poytaxt uylaridagi qulayliklarda qolişmaydi. Bundan körinadiki, agar insonda intiliş bölsa, eng çekka joyda ham şahar darajasidan qolişmaydigan şaroitda yaşaş mumkin ekan.

Safarimiz davomida ana şunday fayzli yana köplab xonadonlarda böldik. Masʼullar esa bunday ilğor yurtdoşlarimizni boşqalarga örnak va namuna sifatida körsatib, ularning tajribasini ommalaştiriş orqali kambağallikni butkul tugatiş yuzasidan tegişli çoralarni belgilab olişgan. Yaʼni, kambağallikni tugatiş obodlik işlarining muhim tarkibiy qismi sifatida körilmoqda.

EFFECT.UZ

Çiroy oçib borayotgan obod manzillarda yaşaşning gaşti özgaça. Bunday  keng kölamdagi bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari aholining turmuş madaniyatini yuksaltiriş bilan birga, qişloqlarni zamonaviy qiyofaga keltiriş, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişda muhim asos bölib xizmat qilmoqda.

Uçqörğon tumani “Böston” mahalla fuqarolar yiğini viloyat markazidan 52 kilometr olisda, çegaradoş hududda joylaşgan. Gözal tabiati, toza havosi, zilol suvlari kişining havasini tortmasdan qolmaydi. Ammo bir neça ön yillar davomida eʼtibor körsatilmagani tufayli qişloq taraqqiyot yölidan çetga çiqib qolgan edi. Özbekistondagi yangilanişlar epkini bu uzoq qişloqqa ham yetib keldi.

Xalq qabulxonalari, sektorlar işçi guruhlarining mahallabay, xonadonbay örganişlari, fuqarolarning murojaatlari çuqur tahlil etilib, mahallada “Obod qişloq” dasturi doirasida quriliş va obodonlaştiriş işlarini bajariş reja qilib olindi. Avvalambor 1 ming 700 nafar kişi yaşayotgan 307 ta xonadon obdon örganildi, ularda uy egalari qiladigan iş hajmi aniqlab olindi va amaliy işlarga kirişildi.

Yaʼni, har bir oila, xonadon egasi öz uyi, öz hududi obod va körkam bölişi uçun masʼul. Kam taʼminlangan, yordamga muhtoj oilalar ham eʼtibordan çetda qolgani yöq. Tumanning içki imkoniyatlari hisobidan ularning uylarida ham taʼmirlaş işlariga kirişilgan.

Uylarni taʼmirlaş va pardozlaş işlarini sifatli va puxta taşkil etişda mahallada yaşovçi “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yigitlardan taşkil etilgan guruhlar yaxşi samara berdi. Ahamiyatlisi, ular ham öz qişloği obodligiga hissa qöşmoqda, ham moddiy manfaat topmoqda.

Qişloqda elektr energiyasi taʼminotini sifatli yölga qöyiş, aholining toza içimlik suviga bölgan ehtiyojini işonçli taʼminlaş, suyultirilgan gaz taʼminotidagi uzilişlar bölişiga yöl qöymaslik, içki yöllarni asfaltlaş, toş-şağal yotqiziş, piyodalar yölakçalari barpo qiliş, aloqa tarmoqlari tortiş yuzasidan amalga oşiriladigan işlardan mahalla ahli mamnun.

EFFECT.UZ

Taʼlim sifatini yaxşilaş, yoşlarga keng imkoniyatlar yaratişni közlab mahalladagi 35-maktab binosini rekonstruktsiya qiliş va qöşimça korpus, kutubxona, faollar zali, oşxona barpo etiş, kiçik futbol maydoni taşkil etiş möljallanmoqda. Hozir mahalla idorasining öz binosi yöq.

Bu muammo dastur doirasida hal böladi. Davlat-xususiy şeriklik tamoyili asosida mahalla yiğini binosi, davlat xizmatlari markazi filiali, 100 örinli tikuvçilik tsexi yaxlit majmua körinişida qad rostlaydi. Aholiga xizmat körsatiş şoxobçalari, sport-soğlomlaştiriş markazi faoliyati yölga qöyiladi.

Eʼtiborlisi, dastur doirasida obodonlaştiriş, aholi yaşaş şaroitini yaxşilaş işlari aholining maʼnaviy olamini boyitiş, maʼrifiy-tarğibot işlari bilan hamohanglikda olib borilmoqda.

Bunda “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”dagi xotin-qizlarga kömak beriş ham yölga qöyilgan. Mohira Abdullayeva özi kelin bölib tuşgan xonadonda rözğorga ozgina bölsa ham hissa qöşiş maqsadida yurgan edi.

Avval tomorqa bilan maşğul böldi. Keyin imtiyozli ravişda zamonaviy tikuv maşinasi olib çevarçilikka qöl urdi, qöşimçasiga mahalla faollarining yordam bilan hududda yangi taşkil etilgan tikuvçilik korxonasiga işga joylaşdi. “Endi tomorqa, uydagi tikiş-biçiş, qolaversa, korxonadagi iş haqi bilan daromadim ikki barobarga ortdi”, deydi u.

Bir söz bilan aytganda, olis qişloqda boşlangan bunyodkorlik işlari “Böston”ning ismi jismiga mos mahallaga aylanişiga asos böladi. Natijada bu yerda istiqomat qilayotgan 1 ming 700 ga yaqin aholining turmuş tarzi tubdan özgaradi. Şunda biz ham “Böston”da, töğriroği “Yangi böston”da yana mehmon bölamiz.

×