Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent metropolitenining Sergeli filialining –bekat stantsiyasida interval soatlarini körsatib turadigan tabloda özbekçilikka töğri kelmaydigan noörin sözlardan iborat yozilgan videolavha tarqaldi.
Uşbu holat qanday yuz berdi? Voqea tafsilotiga aniqlik kiritiş maqsadida Zamon.uz muxbiri Munojat Valiyeva “Özbekiston temir yöllari” AJ axborot tahliliy media markazi xodimlari bilan boğlandik.
Aniqlanişiça, voqea 12 aprel kuni soat 16:40 da sodir bölgan. Mutasaddilarning aytişiça,tablodagi yozuvlar metro xodimlari tomonidan emas, balki elektron tabloga masofadan boğlaniş funktsiyasi orqali boğlangan holda nomaʼlum şaxslar tomonidan özgartirilgan.
Simsiz Wi-Fi orqali boşqariladigan soat mexanizmiga xakerlar hujum qilgan. Xakerlar soatga örnatilgan parolni buzişgan va odobsiz yozuvni qöyişgan. Uşbu yozuv tezkorlik bilan 4 daqiqa içida öçirilgan. Huquqni muhofaza qiliş idoralari aybdorlarni qidirmoqda. Ularga nisbatan tegişli çoralar köriladi









