Sönggi kunlarda telefonida poronografik xarakterdagi foto va video körganlarga “Özbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarşi kuraş bölimidan bildirişnoma” sarlavhasi ostida xabar kelmoqda. Unda “Webmoney” elektron tölov tizimi orqali davlat hisobiga 200 ming, baʼzi hollarda 300 ming söm jarima tölaşi kerakligi haqida xabarlar kelmoqda.
Uşbu holat yuzasidan IIV matbuot xizmati rasmiy izoh berdi. Maʼlum bölişiça IIVda Kiberjinoyatlarga qarşi kuraş bölimining özi mavjud emas. Unday smslar firibgarlar tomonidan yuborilmoqda. Şuningdek, “Webmoney” tölov tizimida IIVning heç qanday hamyoni mavjud emas.
Şulardan kelib çiqib vazirlik fuqarolardan bunday firibgarlarga aldanib qolmaslikni tavsiya qilib, holat böyiça hozirda suriştiruv işlari olib borilayotganligi taʼkidlandi.









