Tuman markaziga haydab kelingan qöylar böyiça rasmiy maʼlumot berildi

Tuman markaziga haydab kelingan qöylar böyiça rasmiy maʼlumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Nurobod tumani hokimligi binosi oldiga 6000 boş qöy haydab kelingani haqidagi video tarqalgani xabar qilingandi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, holat 2021 yil 6 aprel kuni soat 16:00larda sodir bölgan.

Respublika Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi tomonidan «Samarqand qoraköl klaster» MÇJ korxonasiga 151 ming gektar hamda  «SP LUXE» MÇJ qöşma korxonasiga 197 243,4 gektar yaylov yer maydonlari ajratilgan.

Klaster «SP LUXE» MÇJ va Qorakölça massivida faoliyat körsatayotgan «Soxibkor Xojiakbar» fermer xöjaligi örtasida 49 yilga 834 gektar yaylov yer maydonini ijaraga oliş böyiça şartnoma tuzilgan bölib, şartnomada 1450 boş mayda şoxli mollarni boqiş körsatilgan bölsada, uşbu yer maydonida fermer xöjaligi rahbari tomonidan 4 mingdan ziyod çorva mollari boqilganligi «Qiliçli» mahallasi fuqarolarining noroziligiga sabab bölgan va klasterning 1450 boş qöylari mahalliy aholi tomonidan 2021 yil 6 aprel kuni soat 16:00larda tuman markaziga haydab kelingan.  

Şundan söng, tuman hokimi, tuman içki işlar bölimi boşliği boşçiligida «SP LUXE» MÇJ qöşma korxonasi iş boşqaruvçisi hamda fuqarolar bilan yiğiliş ötkazilib, «SP LUXE» MÇJ rahbari «Soxibkor Xojiakbar» fermer xöjaligi örtasida tuzilgan şartnomani bekor qilinişi mutassaddilar nazoratiga olingan.

Yuqoridagi kabi holatlar takrorlanmasligi maqsadida aholining çorva molllari uçun ayni vaqtlarda yuqoridagi klaster korxonalari tomonidan mahalla fuqarolar yiğinlariga masʼuliyati çeklangan jamiyatlar taşkil etgan holda, birinçi navbatda qişloq aholisi çorva mollari uçun ajratilişi böyiça kelişib olingan.

×