Bugundan Qirğiziston va Özbekiston örtasida muntazam aviaqatnovlar tiklanadi

Bugundan Qirğiziston va Özbekiston örtasida muntazam aviaqatnovlar tiklanadi

Maʼlum qilinişiça, 14 sentyabrdan boşlab Toşkent - Bişkek - Toşkent yönalişi böyiça muntazam aviareyslarning amalga oşirilişi boşlanadi.

Parvozlar haftada bir marta amalga oşiriladi. Uşbu yönaliş uçun aviaçiptalar savdosi boşlangan.

Eslatib ötamiz, 11 sentyabrdan Toşkent – Olmaota – Toşkent yönalişi böyiça muntazam aviaqatnovlar tiklangan edi.

Şuningdek, Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi avtoyöl ötkaziş punktlarida sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda kirib-çiqişga 1 sentyabrdan ruxsat berilgan.

×