+18 Yana Namangan viloyati içki işlar boşqarmasi xodimlarida koronavirus aniqlandi

+18 Yana Namangan viloyati içki işlar boşqarmasi xodimlarida koronavirus aniqlandi

Aholi orasida koronavirusga çaliniş bilan boğliq 18 ta holat qayd etildi. Özbekiston böyiça koronavirus yuqtirib olganlar 4404 nafarga yetdi

Özbekistonda koronavirus infektsiyasini yuqtirib olganlar soni 8 iyun soat 17:00 holatiga köra 52 nafarga köpaydi va kasallik yuqtirib olganlarning umumiy soni 4404 nafarga yetdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallaniş holatlarining

  • 29 tasi karantin markazidagi (barçasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;
  • 18 tasi Toşkent şahrida (jumladan, «Örikzor» savdo majmuasi sotuvçisining qarindoşlari va qöşnilari, «Ravnaq bank»ning Şayxontohur filiali xodimi) aholi orasida;
  • 3 tasi Namangan viloyatida (şundan 2 tasi viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlarida) aholi orasida;
  • 1 tasi Toşkent viloyatida («Örikzor» savdo majmuasi sotuvçisining qarindoşi) aholi orasida;
  • 1 tasi Sirdaryo viloyatida Rossiyadan çegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçisida aniqlangan.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda 8 iyun soat 10:00 holatiga köra, koronavirusga çalinganlar soni 21 kişiga köpayib, 4352 nafarga yetgandi.

8 iyun davomida koronavirusga çalingan fuqarolardan 3 nafari tuzalib, jami soğayganlar soni 3357 nafarga yetdi.

Kasallikka çaliniş bilan boğliq yangi qayd etilgan holatlardan söng Özbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 1000 nafardan oşib ketdi. Hozirda şifoxonalarda 1030 nafar bemorga şifokorlar tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.

×