Prezident qonunni imzoladi. Şaxsga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravişda yiğganlik uçun javobgarlik belgilandi

Prezident qonunni imzoladi. Şaxsga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravişda yiğganlik uçun javobgarlik belgilandi

Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi Qonun (ÖRQ–548, 08.07.2019 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kiritilgan qöşimçalarga muvofiq, şaxsga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravişda yiğiş, tizimlaştiriş, saqlaş, özgartiriş, töldiriş, foydalaniş, beriş, tarqatiş, uzatiş, egasizlantiriş va yöq qiliş:

  • fuqarolarga eng kam oylik iş haqining 3 baravaridan (608 ming 190 sömdan) 5 baravarigaça (1 mln 13 ming 650 sömgaça);
  • mansabdor şaxslarga 5 baravaridan (1 mln 13 ming 650 sömdan) 10 baravarigaça (2 mln 27 ming 300 sömgaça) jarima solişga sabab böladi.

Mazkur huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qöllanilganidan söng sodir etilsa, eng kam oylik iş haqining 50 baravarigaça (10 mln 136 ming 500 sömgaça) jarima yoki 3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş yoxud 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.

Mazkur javobgarlik çoralari 2019 yil 1 oktyabrdan kuçga kiradi.

Qonun bilan Milliy gvardiya organlari maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni köruvçi hamda suriştiruv organlari qatoriga kiritildi.

×