18 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti rusumli avtomobil va uning ortidan IIBB avtomobili maxsus yoruğlik signallarini yoqqan holda harakatlanayotganining videosi tarqaldi. Şuningdek kadrda haydovçi YPX inspektorining talabiga böysinmagani ham aks etgan. Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Matbuot xizmati uşbu fakt böyiça quyidagilarni maʼlum qildi.
17 oktyabr kuni taxminan soat 22:35 da Olmazor tumanidagi Toşkent xalqa avtomobil yölidagi “Ayvon” çoyxonasi qarşisida YHXB YPX inspektori M.Z. huştak va jezl bilan Lacetti rusumli avtomobil (davlat raqami 01 D 616 VV) haydovçisidan töxtaşni talab qilgan.
Haydovçi esa YPX inspektorining qonuniy talabiga böysinmasdan harakatni katta tezlikda davom ettirgan, şundan söng YPX xodimi S.X. qoidabuzarnin avtomobilini Lacetti rusumli xizmat avtomobilida (davlat raqami 01 673 VSC) taʼqib qila boşlagan.
Ortdan taʼqib qilib kelayotgan patrul avtomobili ham qoidabuzarni fikrini özgartirmadi. U TXAY böyiça harakatni davom ettirib, “Uç Qahramon” YPX postigaça yetib bordi, söng – Amir Temur va Yangi Şahar köçalari kesişmasidagi aylana çorrahasida bir oz vaqt qarama-qarşi yönaliş böyiça harakatlangan.
YHXB xodimlari tomonidan körilgan çoralar natijasida soat 22:55 da avtomobil Yunusobod tumanidagi Kaymakova köçasida (17-son şifoxona qarşisida) töxtatildi. Z.A.ga tegişli bölgan avtomobilni Toşkent viloyatida yaşovçi 25 yoşli Guliraʼno A. boşqarib borgan. Avtomobilni boşqariş uçun zarur bölgan hujjatlar töplamidan haydovçida faqat işonçnoma bor edi.
Guliraʼno A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 135-moddasi (“Yöl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi”) va 194-moddasi (“Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) böyiça maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, uning avtomobili jarima maydonçasiga joylandi.Sunnatilla Abdullayev









