Respublika Gidrometeorologiya markazi bahorning ilk haftasida qanday ob-havo kutilayotgani böyiça maʼlumot berdi.
Bugun, bahor faslining birinçi kunida Özbekiston hududi böyiça kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 13-18° iliq böladi, bu meʼyordan 2-4° ga yuqoridir.
Ertaga respublika hududlari böyiça kun davomida havo bulutli bölişi kutilmoqda. Buning hisobiga havo harorati kunduz kunlari biroz pasayadi va 10-15° iliqni taşkil etadi, ammo ob-havo hali ham yoğingarçiliksiz bölişi saqlanib turadi.
3 martda respublika hududlariga Eron hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, köpçilik viloyatlarda biroz yomğir yoğadi, faqat Buxoro va Navoiy viloyatlarida asosan yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Şimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi va Qoraqalpoğistonda, Xorazm viloyatida keçasi va ertalab 3 martda biroz yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi kuzatiladi.
4-5 martda Özbekiston hududiga yana nam havo massalari kirib kelişi boşlanadi, buning natijasida barça joylarda yomğir yoğadi, şimolda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, toğli hududlarda 4 martdan 5 martga ötar keçasi baʼzi joylarda yoğingarçilik kuçli bölişi mumkin. 5 martda Qoraqalpoğistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kuzatilmaydi.
Havo harorati 3-5 martda keçasi 0-5° iliq, kunduz kuni 10-15° iliq atrofida böladi, 5 martda 8-11° iliqgaça biroz pasayadi.









