Bugun, 31 oktyabr kuni respublika hududi böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Farğona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yomğir yoğadi. Havo harorati kunduzi 13-18° ni taşkil etadi, janubda va çöl hududlarda 19-21° gaça böladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Ertaga, 1 noyabr kuni respublika şimoliga nam bulutli massivlar kirib kelişi boşlanadi, buning hisobiga Qoraqalpoğiston Respublikasi va keçga tomon Xorazm viloyati böyiça baʼzi joylarda yomğir yoğadi.
Özbekistonning qolgan hududlarida quruq va iliq ob-havo bölişi kutilmoqda. Havo harorati keçasi 2-7° iliqni, kunduz kuni 16-21° ni taşkil etadi, janubda va çöl hududlarida 23-25° gaça böladi.
2 noyabr kuni mamlakatning barça hududlari nam havo massalari taʼsiri ostida böladi. Respublika böyiça yomğir yoğadi, Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda kuçli böladi. Şimoli-ğarbiy hududlarda biroz yomğir yoğadi. Kunduzgi harorat 12-17° gaça pasayişi kutilmoqda.
3-4 noyabr kunlari respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğadi. Uşbu kunlarda harorat keçalari 5-10° ni, kunduz kunlari 12-17° ni taşkil etadi.
31 oktyabr 2 noyabr kunlari baʼzi joylarda şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda. Respublika böyiça baʼzi joylarga tuman tuşişi mumkin.









