Jabrlanuvçi, 9-sinf öquvçisi Farğonadagi şoşilinç tibbiy yordamining neyrojarrohlik bölimiga yotqizilgan.
Repost xabariga köra, 21 fevral kuni Farğonada mehmonxona, banket zali va alkogol mahsulotlari bilan savdo qiluvçi qator dökonlari, restorani bor tadbirkor hamda uning 11-sinfda öqiydigan öğli 14 yoşli öquvçini qattiq kaltaklagan. Tadbirkor bunga qadar Jinoyat kodeksining 97- va 164-moddalari (qotillik, bosqinçilik) bilan sudlangan.
Öquvçining kaltaklanişiga uning tadbirkorni qizi bilan yozişmalar orqali muloqot qilgani sabab bölgan. Jabrlanuvçi Farğonadagi şoşilinç tibbiy yordamining neyrojarrohlik bölimida davolanayotgani aytiladi.
Holat yuzasidan iş oçilgan, biroq tergov jarayonlari hali boşlanmagan.









