Bir sud – bir instantsiya tamoyili halq manfaatlariga xizmat qiladi

Bir sud – bir instantsiya tamoyili halq manfaatlariga xizmat qiladi

Mamlakatimizda sönggi yillarda sud-huquq tizimini yanada takomillaştiriş, odil sudlovni samarali taʼminlaş, sudlar mustaqilligini amalda taʼminlaş böyiça bir neçta farmon va qarorlar qabul qilindi, bundan taşqari sud-huquq tizimini bosqiçma-bosqiç isloh qiliş, 2017-2021 yillarda möljallangan Harakatlar strategiyasida ham belgilab qöyildi.
Sud hokimiyatining fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini taʼminlaşda muhim örin egallaşi xalqaro hujjatlarda belgilab ötilganligini taʼkidlab ötiş joiz, uşbu hujjatlarda har bir fuqaro özining asosiy huquqlari buzilsa, sudga murojaat qilişi, sudlar esa mustaqil va beğaraz bölişi belgilab qöyilgan. Mamlakatimizda bugungi kunda keçayotgan sud-huquq islohotlari natijasida qonunçiligimiz normalari xalqaro standartlarga moslaştiriş tendentsiyasi natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qiliş darajasi yangi bosqiçga çiqqani xalqaro ekspertlar tomonidan eʼtirof etilmoqda.


Islohotlarning izçil davom ettiriş maqsadida, Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 24 iyul kuni “Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonga muvofiq, sud-huquq tizimida 2021 yilning yanvaridan bir qator ijobiy özgarişlar yuzaga keldi.
Jumladan joriy yanvar oyidan, boşlab bir-birini takrorlaydigan sud bosqiçlari qisqartirilib, işlarni nazorat tartibida köriş amaliyoti tugatildi.
Fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat işlari böyiça viloyat darajasidagi bitta sudning faoliyat yuritişi belgilandi. Uşbu özgarişlar aholi va tadbirkorlarga katta qulayliklarni yaratib, ularning sudma sud sarson bölişlarini oldi olindi desak mubolağa bölmaydi.
2020 yil dekabr oyigaça viloyat sudlari çiqargan qarori ustidan berilgan şikoyatlar şu sudlarning özida körib çiqilgan bölsa, joriy yil yanvar oidan “bir sud – bir instantsiya” tamoyili asosida tumanlararo, tuman (şahar) sudlarining qarorlarini viloyat darajasidagi sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida, apellyatsiya tartibida körilgan sud qarorlarini esa Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida qayta körib çiqiş belgilandi.


Şu örinda savol tuğiladi, agar jismoniy yoki yuridik şaxslar Oliy sud kassatsiya instantsiyasi qaroridan norozi bölsaçi? Agar jismoniy yoki yuridik şaxslar kassatsiya tartibida körib çiqilgan işlar böyiça sud qarorlarini norozi bölsa, Oliy sud raisi, Boş prokuror va ularning örinbosarlariga protest keltiriş böyiça murojaat qilişi mumkin. Çunki Oliy sud raisi, Boş prokuror va ularning örinbosarlari protestiga köra, kassatsiya tartibida takroran körib çiqiş belgilangan.
Bunday özgarişlar kelgusida fuqarolar va yuridik şaxslarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilişga xizmat qiladi.

Dilmurod Madaminov,
JIB Pop tuman sudi raisi

×