Qoraqurtlar asosan köçada uxlab yotgan odamlarni tungi soat 2dan keyin çaqadi.
Qozoğistonning Çimkent şahri aholisiga qoraqurt örgimçaklari hujum qilmoqda, deb yozadi Zakon.kz naşri.
Giperbolik oksigenatsiya markazi xabariga köra, bugunga qadar Çimkentda 23 kişi qoraqurt çaqişidan şikoyat qilib şifoxonalarga murojaat qilgan.
“Bizga asosan tunda murojaat qilişadi, çunki qoraqurtlar tungi soat 2dan keyin çaqişni boşlaydi. Örgimçaklar köçada uxlayotgan odamlar töşagiga kirib oladi”, - deydi Toksikologiya bölimi boşliği Asilxan Minbosinov.
Şifokor aytişiga qaraganda, qoraqurt asosan erkaklarni çaqar ekan. Haşorat çaqişi darhol seziladi, lekin uning zahrining asosiy taʼsiri bir 10 daqiqalardan keyin seziladi: dastlab böinlarda oğriq paydo böladi, keyin kökrak qafasi siqiladi va havo yetişmay qoladi, - deydi şifokor.
Jabrlanganlardan biri aytişiga qaraganda uni tungi qorovullik vaqtida oyoğida oğriq sezgan. Şundan söng u qoraqurtni körib, uni öldirgan. Bir neça daqiqalardan söng özini yomon his qila boşlagan, oyoqlarini sezmay qolgan va nafas olişi oğirlaşgan. Tez yordam uni şifoxonaga olib kelgan.
Şifokorlar aytişiga qaraganda, avgust oyining oxirida qoraqurtlar yana faollaşişi mumkin. Oçiq osmon ostida uxlaganda qoraqurt çaqmasligi uçun, töşak yaqinida qöy terisini qöyiş kerak ekan. Uning hidi qoraqurtlarni qoçirar ekan. Lekin uşbu vaqtda xavfsizlik maqsadida uyda uxlagan maʼqul deydi şifokor.
Maʼlumot uçun – qoraqurt yoki “qora beva” örgimçagi asosan Markaziy Osiyo çöllarida, Örta-yer dengizi va Şimoliy Afrikada uçraydi. Körinişidan qop-qora örgimçakka öxşaydi, qorin qismida qizil doğlari böladi. Har 12 yoki 25 yilda ommaviy köpayiş holatlari uçraydi. Qoraqurt çaqişidan uy hayvonlariga juda katta zarar keltirişi mumkin.









